Yuriy Sheykin
Yuriy Vyacheslavovich Sheykin (1963-yil 10-aprel, SSSR — 2011-yil 5-yanvar, Buyuk Novgorod, Rossiya) — sovet va oʻzbek futbolchisi, darvozabon.
Biografiyasi
Faoliyatini 1983-yilda „Narimanovets“ klubida boshlagan.
Faoliyatining asosiy qismini Toshkentning „Traktor“ida oʻtkazgan. „MHSK“, „Mash’al“, „Zarafshon“ klublarida toʻp surgan.
1994-yilda Osiyo oʻyinlarida ishtirok etgach Oʻzbekiston terma jamoasiga taklif qilingan. Shaykinning eng yaxshi yutugʻi turnirning yarim finalida, Janubiy Koreyaga qarshi oʻyinda boʻlgan. Raqibning haddan tashqari ustunligiga qaramay, Yuriy oʻz darvozasi daxlsizligini saqlab qolgan va Azamat Abduraimovning yagona goli Oʻzbekiston terma jamoasini finalga olib chiqqan.
Koreyaliklar bosh murabbiyi Anatoliy Byshovets ushbu oʻyin haqida quyidagi fikrlarini bildirib oʻtgan:
Final uchrashuvida Oʻzbekiston terma jamoasi Xitoy terma jamoasini 4:2 hisobida magʻlub etib, Osiyo oʻyinlari chempioniga aylangan.
Mavsum yakunida Yuriy Sheykin „Oʻzbekistonda yilning eng yaxshi futbolchisi“ soʻrovnomasida uchinchi boʻlgan.
2000-yilda Yuriy Sheykin futbolchilik faoliyatini yakunlaydi va doimiy yashash uchun Rossiyaga joʻnab ketadi.
Yuriy Sheykin 2011-yil 5-yanvarda Velikiy Novgorod shahrida toʻsatdan vafot etgan.
Yutuqlari
1Osiyo oʻyinlari chempioni: 1994-yil
3Oʻzbekiston chempionati bronza medali sovrindori: 1996-yil
Davlat mukofotlari
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org