Yuriy Rapoport




Yuriy Aleksandrovich Rapoport (1924-yil 18-iyun, Moskva — 2009-yil 1-sentyabr) taniqli sovet va rus tarixchisi, arxeolog, etnografdir.

1951-yilda Moskva davlat universitetining tarix fakultetini tugatgan. 1951-yildan SSSR Fanlar akademiyasi Etnografiya institutida ilmiy xodim.

Uning tadqiqot mavzusi qadimgi Xorazmning arxeologiyasi, tarixi va madaniyati — Amudaryoning quyi oqimidagi tarixiy mintaqa va qadimiy davlat edi. Xorazm arxeologiya-etnografiya ekspeditsiyasi asoschisi S.P.Tolstov ishining davomchilaridan biri. 1967-yilda nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi. Xorazm ossuariylariga bagʻ'shlangan 1971-yilda nashr etilgan „Qadimgi Xorazm (ossuariylar) dini tarixidan“ kitobining muallifi.

Manbalar




Adabiyotlar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz