Yuriy Plotnikov




Plotnikov Yuriy Ivanovich (1937-yil 24-may, Samarqand, Oʻzbekiston SSR – 2008-yil 29-aprel, Moskva, Rossiya Federatsiyasi) – rus harbiy qoʻmondoni, general-polkovnik.

Biografiyasi



Plotnikov Yuriy Ivanovich 1937-yil 24-mayda Oʻzbekiston SSR tarkibidagi Samarqand viloyatida xizmatchi oilasida tugʻiladi. Otasi 2-jahon urushida qatnashib, halok boʻladi. Shundan soʻng, Yuriy Platnikov va uning onasi Toshkent va Xoʻjand shaharlarida yashashadi. 1951-yil oʻrta maktabning 7-sinfini tamomlaydi. 1954-yil 2-Moskva harbiy akademiyasini tamomlaydi. 1954-yil oxirida Ishchi-dehqonlar Qizil Armiyasi safiga qabul qilinadi. SSSR janubiy armiyasining 27-batalyoni komandiri etib tayinlanadi. Yuriy Plotnikov 1959-yil Zerniskiy nomidagi harbiy akademiyasiga muvaffaqiyatli qabul qilinadi. 1963-yil u yerni oltin medal tamomlaydi. 1969-yildan shu harbiy akademiyaning kadrlar boshqarmasi katta ofitseri lavozimida, 1970-yil oxiridan esa jangovar tayyorgarlik boʻlimi boshligʻi lavozimida ishladi. U 1976-yil sentyabrdan 1981-yil avgustgacha 31-raketa armiyasi qoʻmondoni birinchi oʻrinbosari sifatida ishladi. Yuriy Plotnikov 1983-yil Voroshilov nomidagi SSSR Qurolli kuchlari akademiyasini tamomlab, shu yerda akademiya direktori oʻrinbosari lavozimida ish boshladi.

1998-yil Rossiya Federatsiyasi Qurolli kuchlari harbiy strategiya markazida oʻz faoliyatini olib bordi. Xuddi shu yili harbiy fanlar doktori ilmiy darajasini, 1993-yilda professor darajasi, 1995-yilda esa Rossiya fanlar akademiyasi akademigi darajalariga erishgan.
Plotnikov Yuriy Ivanovich 2008-yil 29-aprelda uzoq va ogʻir kechgan kasallik sabab vafot etdi. U Moskvadagi qabristonlardan biriga dafn etilgan.

Harbiy unvonlari




Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz