Yuriy Petuxov




Yuriy Aleksandrovich Petuxov (1960-yil 19-fevral, Minsk, Belarus SSR, SSSR) – futbol darvozaboni, darvozabonlar murabbiyi. Belarusiya sport ustasi.

Futbolchilik faoliyati



Yuriy Aleksandrovich Petuxov 1960-yil 19-fevralda Minsk shahrida tugʻilgan. 5-sonli ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari bolalar va oʻsmirlar maktabida tahsil olgan. Birinchi murabbiyi Vyacheslav Nikolayevich Avtushko.

Sport maktabini tugatgach, u Minskning „Dinamo“ jamoasidan boʻlgan taklifni qabul qilmadi. Belarus davlat universiteti statsionar geografiya fakultetiga oʻqishga kirdi. U universitet jamoasida oʻynagan, u yerda belaruslik murabbiy Gennadiy Gleb eʼtiboriga tushgan. Koʻp oʻtmay Gennadiy Gleb uni Belarus SSR chempionatida oʻynovchi „Torpedo Minsk“ jamoasida oʻynashga taklif qildi va ammo u „Spartak“ (Semipalatinsk)ga oʻtishga qaror qildi. Keyinchalik Qozogʻiston klublarida ikki yil oʻynadi. Shundan soʻng Xarkovga oliy liganing „Metalist“ klubiga oʻtish uchun taklif oldi.

U Xarkov klubida 3 mavsum oʻtkazdi, lekin asosiy jamoada 3 ta oʻyin oʻtkazdi. Keyinchalik „Mayak“ klubida toʻp surdi. Oliy ligada oʻtkazilgan 3 ta oʻyindan biri Petuxov uchun tarixiy boʻldi aynan 1985-yilda uning uzatmasini Oleg Bloxin golga aylantirdi bu Oleg uchun oʻzining yubiley 200-goli boʻldi.

80-yillarning 2-yarmida u „Dnepr“ (Mogilev) jamoasida oʻynagan, u yerda jamoa sardori boʻlgan. 1990-yilda Oʻzbekistonning Soʻgʻdiyona (futbol klubi)da oʻynagan.

Yuriy Petuxov futbolchilik faoliyatini Slovakiyada „Lokomotiv“ (Koshitse) klubida yakunlagan va u bilan 2,5 yillik shartnoma imzolagan. Biroq, u 1,5 yil oʻynadi va tizzasidan jarohat olib faoliyatini tugatishga qaror qildi. U yana ikki yil Slovakiyada qoldi, tijorat sohasida ishladi, keyin 1994-yilda Minskka qaytib keldi.

Murabbiylik faoliyati



1995-yilda darvozabonlarni tayyorlashga ixtisoslashgan murabbiylik faoliyatini boshlagan.

1995—1996-yillarda „Ataka“ (Minsk), 1997—2004-yillarda BATEda ishlagan.

Toʻrt yil davomida u Belarus milliy futbol terma jamoasi darvozabonlari bilan ishlagan: 2004 va 2005-yillarda yoshlar jamoasi bilan, 2006 va 2007-yillarda asosiy terma jamoa.

Uning shogirdlari orasida Yuriy Jevnov, Anton Amelchenko, Vasiliy Xomutovskiy bor.

Oʻgʻil Aleksandr professional futbolchi va darvozabon.

Manbalar




uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz