Yuriy Petrov
Yuriy Borisovich Petrov (1915-yil 12-may, Andijon, Andijon viloyati, Fargʻona viloyati, — 14-avgust 1984-yil 14-avgust,Yoshkar-ola, SSSR) sovet harbiy uchuvchisi. Ikkinchi jahon urushi yillari Leningrad fronti 14-gvardiya qiruvchi aviatsiya polki eskadrilla komandiri va 1956-yil gvardiya podpolkovnigi.
Biografiyasi
1915-yil 12-mayda SSSR Andijon viloyati (hozirgi Oʻzbekiston Respublikasi)da tavallud topgan.
1938-yil oktyabr oyida RKKga chaqirildi. Ikkinchi jahon urushida ishtirok etgan. Baltiya floti aviapilotlarining harbiy maktabini tugatgandan soʻng, uchuvchi-qiruvchi, boʻlinma komandiri, Leningrad fronti 14-gvardiya qiruvchi aviatsiya polkining komandir oʻrinbosari va eskadrilla komandiri, gvardiya kapitani boʻlgan. 635 ta jangovar parvozlarni, 54 ta havo janglarini amalga oshirgan, 6 ta samolyotni urib tushirgan, shuningdek, koʻplab texnika va askarlarni yoʻq qilgan. Urush yillarida qizil bayroq ordeni (1941-yil, 1942-yil, 1944-yil) va jangovar medallar, shu jumladan, „Leningradni mudofaa qilganligi uchun“ va „Konigsbergni qoʻlga kiritganligi uchun“ medallari bilan mukofotlangan.
1951-yilda — harbiy dengiz floti aviatsiyasining oliy ofitserlik parvoz-taktik kurslarini tamomlagan.
1956-yilda podpolkovnik unvoni bilan taqdirlangan.
1960-yil avgust oyida isteʼfoga chiqadi.
Janglarda koʻrsatgan jasorati va qahramonliklari uchun Yuriy Petrov Qizil bayroq (1956-yil), qizil Yulduz (1953-yil) ordenlari va medallar, shu jumladan, 1949-yili buyuk xizmatlari uchun medali bilan mukofotlangan.
Urushdan keyin Petrov ASSRning Yoshkar-Ola shahrida kadrlar boʻlimi boshligʻi, 1311-avtokolonna partiya kotibi lavozimlarida faoliyat olib borgan.
1984-yilning 14-avgust oyida Yoshkar-ola shahrida vafot etadi.
Xotira
1977-yilda rassom Boris Tarelkin Petrovga atab, uning portretini ishlagan.
2023-yil may oyida gvardiya podpolkovnigi Petrov xotirasiga bagʻishlab, u yashagan Yoshkar-Oladagi uyga (Leninskiy prospekti, 49) yodgorlik lavhi oʻrnatilgan.
Jangovar mukofotlar
Faoliyati davomida bir qancha mukofotlarga sazovor boʻlgan. Jumladan:
— Qizil Bayroq Ordeni (24.11.1941, 14.08.1942, 20.07.1944, 28.12.1944, 30.12.1956);
— Qizil Yulduz Ordeni (21.08.1953);
— "Harbiy xizmatlari uchun medali" (20.06.1949);
— "Leningradni mudofaa qilganlik uchun" medali;
— "Konigsbergni qoʻlga kiritgani uchun" medali;
— Medal 1941 — 1945 -yillardagi Buyuk Vatan urushida Germaniya ustidan gʻalaba qozonganligi uchun".
Adabiyotlar
Havolalar
Manbalar
uz.wikipedia.org