Yuriy Novoselsev
Yuriy Evgenievich Novoseltsev (ukraincha: Юрій Євгенович Новосельцев; 1964-yil 26-mart) — sovet, rus va ukrainalik futbolchi. Himoyachi pozitsiyasida oʻynagan.
Futbolchilik faoliyati
Professional faoliyatini 1986-yilda Oʻzbekiston SSRda „Andijon Paxtakor“ jamoasi tarkibida boshlagan. „Andijon“ jamoasi tarkibida SSSR Ikkinchi ligasida 2 mavsum davomida toʻp surib, 47 oʻyinda 7 gol urdi. 1988-yilda Olmaliqning „Metallurg“ jamoasida oʻynagan. Olmaliq jamoasi tarkibida SSSR Ikkinchiligasida 9 ta oʻyinda ishtirok etdi, lekin jamoaning ligada qolishi uchun yordam bera olmadi 1989-yilda Olmaliq jamoasidan „Okean Naxodka“ klubiga koʻchib oʻtdi. Naxodka jamoa safida Ikkinchi liganing Uzoq shar mintqasi ligasida toʻrtinchi oʻrinni olishida hissa qoʻshdi. 1990-yilda u Maykopning „Drujba“ jamoasida bitta oʻyin oʻtkazdi. 1991-yil Ikkinchi liganing Sharq mintaqisida birinchi oʻrinni olib SSSR birinchi ligasiga yoʻllanma olishida muhim hissasini qoʻshdi. 1992-yilda SSSR parchalanganidan keyin „Okean“ klubi Rossiya Premyer-ligasida toʻp surishni bsohladi. 1992-yil 3-aprelda Moskvaning „Lokomotiv“ klubiga qarshi 2-turda safarda „Okean“ jamoasining asosiy tarkibiga kirgan Novoseltsev Rossiyaning eng yuqori musoboqasidagi oʻyinlarda oʻzining debyut oʻyinini oʻtkazdi, 87-daqiqada Roman Tixonovetskiy bilan almashtirildi. 1993-yilda Zaporojyening Metalurg jamoasiga koʻchib oʻtdi. 1994-yildan 1995-yilgacha Dnestrovskiy shahrining „Dnestr“ jamoasida oʻynagan. 1996-yilda u Zaporojyening boshqa klubi — „Viktor“ klubida oʻynagan. Professional faoliyatini 1997-yilda „Polissya Jitomir“ klubida yakunlagan.
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org