Yuriy Nikulin




Nikulin Yuriy Vladimirovich (1921.18.12, Smolensk viloyati — 1997.21.8, Moskva) — rus sirk artisti, kinoaktyor. Sirk sanʼatida mashhur masxaraboz (kloun) sifatida tanilgan. 1982-yildan Svetnoy bulvardagi Moskva sirkining bosh rej.i va direktori. Kinoda 1958-yildan suratga tushgan: "Kavkaz asirasi", "Brilliant qoʻl", "I operatsiyasi va Shurikning boshqa sarguzashtlari", "Daraxtlar katta boʻlganida", "Qaroqchi chollar", "Chuchelo" kabi filmlarda komik rollar bilan bir qatorda dramatik obrazlarni ham birday mahorat bilan ijro etgan. U kinoda yaratgan obrazlari orqali komik aktyor sifatida shuhrat qozongan.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz