Yuriy Mosha




Yuriy Igorevich Mosha (ruscha: Юрий Игоревич Моша; tugʻ. 17-dekabr 1975, Novorossiysk, Krasnodar o'lkasi, SSSR) — rus jamoat arbobi, tadbirkor, blogger, siyosiy qochqin va sahovatpesha.

Yuriy Mosha "Russian America Inc. (Wayback Machine saytida 2021-01-27 sanasida arxivlangan)" ("Ruscha Amerika") va "Second Passport" ("Ikkinchi Passport") kompaniyasining bosh direktori. U taʼqib qilingan rus ishbilarmonlariga yordam berish dasturining asoschisi.

“Tuhmat, kamsitish va haqoratga qarshi onlayn qoʻmitasi” asoschisi. Rus ruhi hujjatli filmining produserlaridan biri hisoblanadi.

Tarjimai hol



Yuriy Mosha Krasnodar oʻlkasining Novorossiysk shahrida tugʻilgan.
1982-yildan 1993-yilgacha u Novorossiysk shahridagi 2-maktabda oʻqidan.

Taʼlim



1993-1998-yillarda Mosha Kuban davlat texnologiya universitetining (Novorossiysk filiali) "Davlat va munitsipal menejment" fakultetini tamomlagan.

1998-yilda u iqtisodchi-menejer malakasini oldi, keyin Yuriy advokat unvonini oldi.

Faoliyati



1995-yildan boshlab tadbirkorlik faoliyatini boshladi.

1995-yildan 2006-yilgacha Yuriy Mosha - "Propaganda publicity" reklama agentligining asoschisi va rahbari boʻldi. Kompaniya, bir necha yil ichida uch ishchisiga ega boʻlgan kichik korxonadan, 10 dan ortiq tashkilotni oʻz ichiga olgan eng yirik Kuban reklama holding kompaniyasiga ega boʻldi.

2001-yilda Yuriy Kubandagi mesxetiya turklarining zulmi haqida maʼlumot toʻpladi va “Novorossiysk Inson huquqlari qoʻmitasi”ning asoschilaridan biri boʻldi.

2004-yil fevral oyidan boshlab Rossiya nodavlat inson huquqlari tashkilotlari va AQSh koʻmagi bilan Novorossiyskdagi Inson huquqlari qoʻmitasi va Xalqaro migratsiya tashkiloti mesxetiyalik turklarni Krasnodar oʻlkasidan AQShga koʻchirish dasturini boshladi.

2005-yil sentabr oyi holatiga koʻra dasturda 21,000 ga yaqin kishi ariza topshirgan va 5,000 kishi Portlend, Filadelfiya, Atlanta, Noksvill, Vaukesha, Kent: Amerikaning 60 dan ortiq shaharlariga koʻchib oʻtgan. 2014-yil holatiga ko'ra, faqat Daytonda 2,5 ming mesxetiyalik turklar istiqomat qilgan.
Yuriy Moshaning Krasnodar oʻlkasidagi irqiy kamsitishga qarshi kurash bo'yicha inson huquqlari boʻyicha faoliyati Rossiya hukumati tomonidan siyosiy taʼqiblari Yuriyning AQShga koʻchib ketishiga sabab boʻlgan.

2004-yilda Yuriy Krasnodar oʻlkasi hukumati bilan Novorossiyskning "Zarya" telekanali RTNga noqonuniy oʻtishiga qarshi kurashga rahbarlik qildi.

2007–2011-yillarda Kuban investitsiya fondining bosh direktori.

2009-yilda Yuriy Mosha, Rossiya Bosh vaziri Vladimir Putin va Rossiya zobitlariga YouTube da ochiq videomurojaat yuborgan Rossiya politsiyasi xodimi Aleksey Dimovskiyni birinchilardan boʻlib qoʻllab-quvvatladi.

2011-yilda u AQShga doimiy yashash uchun koʻchib oʻtdi.

2011-yilda u taʼqibga uchragan Rossiyalik ishbilarmonlarga yordam berish uchun dastur tashkil qildi. pokanepozdno.com Internet-resursi ko'plab tadbirkorlarga yordam berdi. Bu yil, Yuriy Mosha, Evgeniy Chichvarkin, Boris Berezovskiy va Leonid Nevzlin bilan birgalikda mulk huquqini himoya qiluvchi tashkilot (Property Rights Watch) - egalarining huquqlarini himoya qiladigan tashkilot yaratishni rejalashtirgan.

New Yorkda u AQShda MDH fuqarolariga keng qamrovli xizmat koʻrsatuvchi "Russian America Inc. (Wayback Machine saytida 2021-01-27 sanasida arxivlangan)" (“Rossiya Amerikasi”) kompaniyasini tashkil etdi.

2012-yilda u AQShdagi Rossiya inson huquqlari qoʻmitasining rasmiy vakili boʻldi.

2012-yil may oyida Yuriy YouTube-da Rossiyadan AQShga immigratsiya to'g'risida birinchi rus tilidagi «Rossiya Amerikasi» blogini yaratdi. Yuriy Mosha ko’chib o’tish haqida amaliy tavsiyalar berdi.

2012-yildan Yuriy bir necha yil mobaynida Rossiyaning NTV telekanali Yuriy Moshaning ismini rus muxolifati haqidagi yangi materiallarda ishlatgani uchun sudlashdi. U ishni New York sudida yutdi.

2017-yilda Yuriy Mosha "Second Passport" (“Ikkinchi Passport”) kompaniyasiga asos soldi. Bugungi kunda ushbu kompaniya faol rivojlanmoqda, immigratsiya va viza xizmatlari turlarini kengaytirmoqda.

Yuriy Mosha Yandex va Google qidiruv tizimlarida qora piar va soxta yangiliklar bilan kurashayotgan birinchi rus tilida soʻzlashadigan jamoat arbobidir.

2018-yilda u AQSh Kongressidan Yandex qidiruv tizimini Rossiya sanktsiyalariga duchor boʻlgan kompaniyalar ro'yxatiga kiritishni soʻradi.

2018–2019-yillarda u New York sudlarida Yandex va Google kompaniyalari ustidan fuqarolarning shaʼni va qadr-qimmatini himoya qilish yuzasidan sudga murojaat qildi.

2019-yilda u "Internetda tuhmat, kamsitish va taʼqiblarga qarshi qoʻmita" ni tuzdi.

Ijtimoiy faoliyati



Yuriy Moshaning hayoti va faoliyati tarixi haqida koʻplab taniqli OAV yozgan: Forbes, RBK Group, Kommersant, Lenta.ru, Gazeta.ru, Izvestiya, Moskovskij Komsomolets, Moskva Exo, Delovoy Peterburg, Novoe Vremya va boshqalar.

Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz