Yuriy Mikolayenko




Yuriy Petrovich Mikolayenko (1965-yil 28-sentyabr, Zubari (hozirgi Kojanka qishlogʻining bir qismi), Kiyev viloyati, Fastovskiy tumani) — sovet va ukrain futbolchisi, hujumchi. Sport ustasi.

Futbolchilik faoliyati



Kiyevning „Dinamo“ futbol maktabida, avval Yevgeniy Kotelnikov, keyin esa Yevgeniy Snitko jamoalarida oʻynay boshlagan. 1982-yilda „Dinamo“ning zaxira jamoasiga taklif qilingan va bu klubda ikki yil davomida oʻynagan. Yuriyning keyingi jamoalari Irpinning „Dinamo“ va Ternopilning „Niva“ klublari boʻlgan.

1990-yilda bir muddat 1-liganing „Tiligul“ klubida oʻynagan boʻlsa, 1991-yilda yana „Dinamo“ (Irpin) jamoasiga qaytgan.

1992-yilda Ukraina oliy ligasi — Xarkovning „Metallist“ jamoasiga oʻtgan. Klubdagi birinchi oʻyin: 1992-yil 18-maydagi „Metallist“ — „Dnepr“ (Dnepropetrovsk) oʻyini boʻlgab, hisob 1:0 koʻrinishida yakunlagan. Xarkov klubi tarkibida Ukraina kubogi finaliga chiqqan (1992), qoʻshimcha vaqtda Odessaning „Chernomorets“ jamoasiga yutqazib qoʻygan.

„Metalist“ da Yuriy muvaffaqiyatga erisha olmagan va bir yil oʻtgach, Yefim Shkolnikov boshchiligidagi Vinnitsaning „Niva“ klubida oʻzini sinab koʻrish taklifini qabul qilgan. 1992—1993-yilgi mavsumda birinchi liga turniri gʻolibi, shuningdek, jamoaning chempionatdagi eng yaxshi toʻpurariga aylangan. Jamoa bilan katta ligaga chiqqan. 1994-yil 8-aprelda „Veres“ ga qarshi oʻyinda bir daqiqa davomida dubl (73', 74') amalga oshirib, Ukraina chempionatlari tarixida muvaffaqiyat qozongan uchinchi futbolchiga aylangan.

Shunga qaramay, Vinnitsada oʻz oʻrnini topa olmagan va bir necha yillarni Ukraina ligasining — „Sistema-Boreks“, „Krivbass“, „Nikolayev“ kabi turli klublarida ijarada oʻtkazgan.

1996-yilda bir qancha vaqtini O‘zbekistonda boshqa bir qator ukrainalik futbolchilar qatori „Kosonsoy“ klubida oʻtkazgan. 1996—1997-yilgi mavsum boshlanishidan oldin vataniga qaytib ketgan va Aleksandriyaning „Poligraftexnika“ jamoasida oʻynay boshlagan.

1998-yilning yozida „Poligraftexnika“ rahbariyati unga yangi klub — „Metallurg“ (Nikopol) ga oʻtishni maslahat beradi. Mikolayenko „Nikopol“ jamoasining Yangi Kaxovkadagi yigʻiniga borib, tarkibga qoʻshiladi.

Faoliyatini „Zvezda“ (Kirovograd) va „Ros“ (Bila Tserkva) jamoalarida yakunlagan.

Jamoaviy faoliyati



SSSR yoshlar terma jamoasida oʻynagan.

Murabbiylik faoliyati



Valeriy Lobanovskiy nomidagi „Dinamo“ bolalar va o‘smirlar futbol maktabi murabbiylar shtabida ishlagan. 2000-yilda guruh murabbiyi, keyin texnik tayyorgarlik boʻyicha murabbiy sifatida faoliyat yuritgan.

Kiyevning „Dinamo“ faxriylari oʻyinlarida muntazam ishtirok etadi .

Manbalar




Havolalar




Intervyu

uz.wikipedia.org



Uzpedia.uz