Yuriy Lisyanskiy




Yuriy Fyodorovich Lisyanskiy (1773.2.8, Nejin - 1837.22.2, Peterburg) — rus dengizchi sayyohi, 1-rang kapitani (1809). 1803—06 yillarda "Nadejda" va "Neva" kemalarida uyushtirilgan dunyo aylana birinchi rus ekspeditsiyasida "Neva" kemasiga boshchilik qilgan (ekspeditsiya rahbari va "Nadejda" kemasining komandiri I. F. Kruzenshtern edi). 1803-yil avgustda kemalar Kronshtadtdan chikib Gavayi orolarigacha birga suzdilar. U yerdan "Nadejda" Kamchatkaga, "Neva" esa Alyaska tomon yoʻl oldi. Alyaskada bir yildan koʻproq turib, tadqiqot ishlari olib bordi. Qaytishda kemalar Kantonda uchrashib, soʻngra Janubiy Afrika tomon birga suzdilar. 1806-yilda ekspeditsiya Kronshtadtga qaytib keldi. Ekspeditsiya Tinch okeanning kam oʻrganilgan rayonlarini tadqiq qildi, gidrografik kuzatishlar olib bordi, etnografik materiallar toʻpladi. Lisyanskiy Boltik, flotida oʻz xizmatini davom ettirib, 1809-yilda isteʼfoga chikdi. Gavayi orollaridan biri, Oxota dengizining shimolidagi yarim orol, Saxalin oroldagi togʻ Lisyanskiy nomi bilan atalgan.

Manbalar




Adabiyotlar



Nevskiy V.V., Pervoye puteshestviye rossiyan vokrug sveta, M., 1951; Shteynburg Ye.L., Slavnie morexodi Ivan Kruzenshtern i Yuriy Lisyanskiy, M., 1954.



uz.wikipedia.org



Uzpedia.uz