Yuriy Levada




Yuriy Aleksandrovich Levada (tug`ilganda - Morenis ; 1930-yil, 24-aprel, Vinnitsa - 2006-yil, 16-noyabr, Moskva) - sovet va rus sotsiologi hamda siyosatshunosi. Falsafa fanlari doktori, professor. Levada markazi asoschisi va direktori.

Bolalik yillari va ta'lim



Yuriy Aleksandrovich Levada Vinnitsa mintaqaviy "Bilshovitska Pravda" gazetasi jurnalisti Natalya Lvovna Morenis va o'rta asr tarixchisi Muso Aleksandrovich Kogan oilasida tug'ilgan. Otasi keyinchalik professor va M. N. Pokrov nomidagi Leningrad pedagogika instituti tarix fakulteti dekani bo`ladi. 1930-yillarning o'rtalarida Natalya Lvovna Morenis yozuvchi Aleksandr Stepanovich Levadaga turmushga chiqadi. Bola asrab olgan (ularning turmushi kichik ukasi Yevgeniy (1939-2000) tug`ilganidan so`ng buziladi.Ulug` Vatan Urushidan so`ng o`gay ota ikkinchi xotini Kira Vasilevna bilan yashaydi. Tabiiyki, birinchi oila bilan deyarli aloqada bo'lmagan) . Uning bobosi farmasevt va sobiq ijtimoiy inqilobchi, professor Lev Konstantinovich Morenis, Vinnitsa tibbiyot instituti (dastlab farmasevtika) asoschilaridan biri, farmakologiya kafedrasining birinchi mudiri (1933-1937); bobosining ukasi Yakov Konstantinovich Morenis esa biokimyo kafedrasining birinchi mudiri (1933-1936) bo`lgan. U bolaligini Vinnitsadagi 15-sonli Kotovskiy ko'chasi №15 dagi bobosining uyida o'tkazdi .

Ulug' Vatan urushi paytida - onasi va akasi bilan Tyumendagi evakuatsiyada bo`lishdi. Vinnitsadagi 4-sonli erkaklar oʻrta maktabini oltin medal bilan tugatgan. Bolaligidan maktabda birga o'qigan bo'lajak akademik F. G. Rutberg bilan do'st edi; matematikadan dars bergan oʻqituvchi Lev Moiseevich Shmulenson (?—1958) ikkalasiga ham katta taʼsir koʻrsatdi. Bolaligidan u G. V. Barabashev bilan ham do`st edi.

1952-yilda Levada Moskva davlat universitetining falsafa fakultetini tamomlagan. 1955-yilda “Xitoy xalq demokratiyasining oʻziga xos xususiyatlari toʻgʻrisida” mavzusida falsafa fanlari nomzodi ilmiy darajasini olish uchun nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi. 1966-yilda SSSR Fanlar akademiyasi Falsafa institutida “Din tanqidining sotsiologik muammolari” mavzusida falsafa doktori ilmiy darajasini olish uchun nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi .

1988-yilgacha bo`lgan ilmiy faoliyati



1956-1988-yillarda Yuriy Levada SSSR Fanlar akademiyasining ilmiy institutlarida ishlagan. 1960-yillarda Moskva davlat universitetining jurnalistika fakultetida sotsiologiyadan ma’ruza o‘qigan.

BJFO`Mda ishlash



1988-yildan 1992-yilgacha u Tatyana Zaslavskaya boshchiligida qayta qurish davrida yaratilgan Butunrossiya jamoatchilik fikrini o'rganish markazining ( BJFO`M ) nazariy tadqiqotlar bo'limi boshlig'i bo'lgan. 1992-yilda ushbu tashkilotga rahbarlik qilgan. BJFO`M jamoasi, asosan, ilgari ishlagan bir nechta tadqiqot guruhlarini birlashtirish orqali yaratilgan: T. I. Zaslavskaya , B. A. Grushin, B. M. Rutgaiser, Yu. A. Levada.

1991-yildan beri BJFO`M jamoasi Rossiyada prezidentlik saylovlari, Rossiya Davlat Dumasiga saylovlar, mamlakat viloyatlarining qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyat organlariga saylovlar arafasida bir qator tadqiqotlar olib boradi. Ushbu tadqiqotlar natijalari har safar rasmiy natijalarga yaqin bo'lib chiqdi, bu esa professional hamjamiyat vakillari tomonidan bir necha bor tasdiqlangan.

Bir qator o'zgarishlardan so'ng, 2003-yil 6-avgustda Rossiya Federatsiyasi Mulk munosabatlari vazirligi BJFO`M va boshqalarni korporativlashtirish va xususiylashtirishga qaror qildi. Shundan so'ng, Yuriy Levada boshchiligidagi BJFO`M xodimlari ilgari BJFO`M bilan parallel ravishda yaratilgan notijorat tashkilotga - BJFO`M tahlil xizmatiga (BJFO`M-T) ishlashga ketishdi.

Yuriy Levada 2006-yilning 16-noyabrida o`z kabinetida vafot etadi. Uni Troekurovskiy qabristoniga (Троекуровском кладбище) dafn etishadi.

Nashrlari



Sotsiologiya, jamoatchilik fikri, sotsiologiya nazariyasi va metodologiyasi, din sotsiologiyasi, ijtimoiy antropologiyaga oid bir qancha kitoblar, 200 dan ortiq maqolalar muallifi.

Monografiyalar:

Ba'zi maqolalar:

Ommaviy ma'ruzalar:

Eslatmalar




Adabiyotlar




Havolalar




Video materiallar

uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz