Yuriy Gazinsky




Yuriy Aleksandrovich Gazinskiy (1989-yil 20-iyulda tug'ilgan) - Rossiyalik professional futbolchi, yarim himoyachi sifatida o'ynaydi.

Klubdagi karyerasi



U olti yoshida tug‘ilib o‘sgan shahri Komsomolsk-na-Amurda futbol o‘ynay boshlagan. 2007-yilning avgust oyida u mahalliy "Smena" klubi tarkibida ikkinchi divizionda debyut qilgan.
2010-yilning yozida u "Luch-Energy"ga o'tgan. Jamoa ikkinchi divizionga tushib ketganidan so'ng, u 2012/13-yilgi mavsum davomida to'p surgan Moskvaning "Torpedo"siga qo'shilgan. Gazinskiyning dastlabki maqsadi “Kuban” edi, biroq klub bilan bir yig'in o'tkazgandan so'ng, ikkinchisiga borishdan bosh tortgan va “Torpedo” bilan shartnoma imzolaпфт. 2013-yilning 31-may kuni u “Krasnodar” bilan shartnoma imzolashga erishgan. 2014-yil 17-iyulda u Yevropa ligasida Estoniyaning Sillamaening Kalev klubiga qarshi o‘yinda (4:0) debyut qilgan va o'z debyutida gol muallifiga aylangan.

Xalqaro karyera



U 2015-yilning avgust oyida Shvetsiya va Lixtenshteynga qarshi UEFA Yevro-2016 saralash bosqichida Rossiya terma jamoasiga chaqirilgan. 2016-yilning 31-avgust kuni Turkiyaga qarshi o'rtoqlik o'yinida jamoa safida debyut qilgan. 

2018-yilning 11-mayida u Rossiyaning JCh-2018 uchun kengaytirilgan tarkibiga kiritilgan. 2018-yil 3-iyun kuni u jahon chempionatining yakuniy tarkibiga kiritilgan. 2018-yil 14-iyun kuni u Saudiya Arabistoniga qarshi o'yinning 12-daqiqasida JCh-2018ning birinchi golini kiritgan. Uchrashuvda Rossiya 5:0 hisobida g‘alaba qozongan. U chorak finalda Xorvatiyaga mag'lub bo'lgan Ispaniya terma jamoasiga qarshi o'yinda zaxiradan maydonga tushgunga qadar zaxirada qolgan. 

2021-yilning 11-mayida u Rossiyaning UEFA Yevro-2020 terma jamoasining zaxira futbolchisi sifatida tanlangan.

Karyera statistikasi



Klub




Xalqaro




Xalqaro maydondagi gollar




Yutuqlar




Ikkinchi divizionning" Vostok " zonasining kumush medali sovrindori: 2008

Krasnodar




Shaxsiy yutuqlar




Manbalar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz