Yuriy Gavrin
Yuriy Vasilevich Gavrin (17-yanvar 1943-yil, Ziyadin, Paxtachi tumani, Samarqand viloyati, OʻzSSR — 2016-yil 12-avgust, Minsk) – belarus rassomi, haykaltarosh.
Biografiyasi
Gavrin ikkinchi jahon urushi tugagandan soʻng onasi bilan Oʻzbekistondan Vitebsk viloyatining Dubrovno shahriga koʻchib oʻtgan.
Yuriy Gavrin 1966-yilda Minsk rassomlik maktabini, 1972-yilda Belarus teatr va rassomlik institutining monumental va dekorativ sanʼat boʻlimini tamomlagan. Gavrin 1965-yildan badiiy koʻrgazmalarda qatnasha boshlagan. 1978-yilda BSSR Rassomlar uyushmasiga aʼzo boʻlgan. U monumental-dekorativ sanʼat sohasida ishlagan. 13 yil davomida A.M.Shirokov nomidagi Zamonaviy bilimlar institutida rasm va chizmachilik fanidan dars bergan, 2011-yildan esa dotsent ilmiy unvonini qoʻlga kiritgan.
2003-yildan Dubrovno shahrining faxriy fuqarosi.
Yuriy Gavrinning qizi Lada Stefanovich ham rassomchilik va haykaltaroshlik kasbini egallagan.
Ijodi
Minsk davlat tibbiyot instituti binosi uchun „Tibbiyot“ kartinasi (1966), Vitebskdagi Yakub Kolas nomidagi Belarus teatri uchun vitrajlar (1988), Gomeldagi Prabudbank va Milliy bank binolari (1989), Minskdagi Markaziy kinoteatr (1990), Moskvadagi Rossiya Mudofaa vazirligi binosi (1993) bezaklari Yuriy Gavrin ijodiga mansub.
Rassomning asarlari Belarus milliy sanʼat muzeyi, Zamonaviy tasviriy sanʼat muzeyi, Minskdagi Maksim Bogdanovich nomidagi adabiyot muzeyi va Belarus Rassomlar uyushmasi fondlarida saqlanadi.
Mukofotlari
Koʻrgazmalari
1. 2008-yil – „Тэмпера“, rassomning 65 yilligiga bagʻishlangan yubiley koʻrgazmasi, Zamonaviy tasviriy sanʼat muzeyida oʻtkazilgan
2. 2012-yil – „Акно маёй душы“, „La-Sandre art“ galereyasi, Minsk
3. 2013-yil – „Дняпроўскія галасы ў Дуброўне“ 20-qoʻshiq va musiqa festivali doirasidagi shaxsiy koʻrgazma
4. 2017-yil – yodgorlik koʻrgazmasi, Sanʼat saroyi, Minsk.
Fotogalereya
2013-yil 12-yanvarda Belorus milliy muzeyi ochilishida: Yuriy Gaurin, Boris Lutsenko, Larisa Finkelshteyn, Genadz Buraukin, Pavel Semchanka, Natalya Sharangovich
Aleksandr Grishkevich bilan Belarus zamonaviy san'at muzeyining ochilishida, 2013-yil 12-dekabr
Yuriy Gavrin qizi Lada Stefanovich bilan 2014-yil 18-iyunda Minsk san'at saroyidagi ochilishda
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org