Yuriy Fray
Yuriy Vladimirovich Fray (3-may, 1968-yil, Navoiy, Oʻzbekiston SSR) — rossiyalik kudo ustasi, murabbiy, oʻqituvchi, sport funksioneri, siyosiy va jamoat arbobi. Rossiya Kudo Federatsiyasi vitse-prezidenti va Bosh kotibi, Markaziy va Shimoliy-Gʻarbiy federal okruglar Kudo federatsiyalari rahbari. „Derjava“ litseyi direktori (2002—2010), „Derjava“ yoshlar sport maktabi direktori (2011-yildan). Oltinchi (2010—2015) va yettinchi (2015—2020) chaqiriq Obninsk shahar assambleyasining deputati.
Biografiyasi
Yuriy Fray 1968-yil 3-mayda O‘zbekistonning Navoiy shahrida tug‘ilgan. 1976-yilda Navoiy shahrida birinchi sinfni tugatgach, oilasi bilan Kaluga viloyati Obninsk shahriga koʻchib ketgan. 1976—1983-yillarda Obninsk 10-maktabda, 1983—1985-yillarda 11-maktabda oʻqigan.
11-maktabda oʻqiyotganida maktab teatridagi chiqishlarda qatnashgan. Teatr maktabiga kirishga harakat qilgan, ammo tanlovdan oʻta olmagan. Keyin Sovet Armiyasiga xizmatga chaqirildi. Armiyadan soʻng teatrga kirish istagi yoʻqoldi va Fray Obninsk atom energiyasi institutiga oʻqishga kirdi. Oʻqishni tugatgach, Obninskdagi Tibbiy radiologiya institutida muhandislik guruhi aʼzosi boʻlib ishladi.
Bolaligidan u sport, jumladan boks, basketbol, yengil atletika, bal raqsi bilan shugʻullangan. Armiyadan keyin esa karate va qoʻl jangi bilan shugʻullangan. 1994-yilda kudo sport turi Rossiyaga kirib keldi va Kray ushbu sport bilan shugʻullana boshlagan.
2002-yilga qadar Obninsk 15-sonli maktabda murabbiy va yarim stavkada direktor o‘rinbosari lavozimida ishlagan. U 14- va 15-maktablarni birlashtirish rahnamolaridan biri boʻlgan. Alaloqibat „Derjava“ litseyi tashkil etilgan.
2002—2010-yillarda Obninsk „Derjava“ litseyi direktori boʻlgan. Bu davrda Yuriy Fray boshchiligida litsey hududida sunʼiy qoplamali yangi futbol stadioni qurildi, oʻq otish hududi qayta tashkil etildi (u yerda maishiy kimyo mahsulotlari ombori joylashgan), litsey sherikliklari rivojlantirildi va vasiylar kengashi tuzildi.
2010-yilda Obninsk shahar Assambleyasining oltinchi chaqirigʻiga (2010—2015) saylangan.
2011-yilda „Derjava“ litseyi, „Derjava“ bolalar va oʻsmirlar sport maktabidan ajratilgan yangi shahar qoʻshimcha taʼlim muassasasi direktori lavozimiga tayinlandi.
Davlat ijrochi xodimlar institutining davlat va shahar boshqaruvi fakultetini tamomlagan.
Rossiya sport ustasi, oliy toifali murabbiy-oʻqituvchi.
Obninsk Jismoniy tarbiya va sport jamoat komissiyasi raisi.
Markaziy va shimoli-gʻarbiy federal okruglarning Kudo federatsiyalari rahbari. Rossiya Kudo Federatsiyasi vitse-prezidenti va Bosh kotibi.
Qora kamar egasi. „Yedinaya Rossiya“ partiyasining aʼzosi.
Obninskdagi TOS 51-52 kvartallar Prezidiumi aʼzosi.
Oilasi
Mukofotlar va unvonlari
Taniqli shogirtlari
Manbalar
Adabiyotlar
Havolalar
uz.wikipedia.org