Yuriy Chuguyev
Yuriy Veniaminovich Chuguyev (1910-yil 23-aprel, Andijon, Fargʻona viloyati, Rossiya imperiyasi — 1964-yil 23-iyul, Moskva, SSSR) — SSSR oltin qazib olish sanoatining yetakchilaridan biri, muhandis-polkovnikgi hisoblanadi.
Biografiyasi
1910-yil 23-aprelda Rossiya imperiyasining Fargʻona viloyati Andijon shahrida tavallud topgan.
Toʻqqiz yillik maktabni hamda oʻqishni tamomlaganidan keyin Moskvadagi zavod va fabrikalarda tokar-revolverchi boʻlib faoliyat olib borgan.
1931-yilda Sovet Ittifoqi Kommunistik Partiyasi saflariga kiradi. Shu vaqtdan boshlab oltin qazib olish sanoatida ishlay boshlaydi.
1936-yildan 1938-yilgacha — Sharqiy Qozogʻiston viloyati Zyryanovka tumanidagi „Altizoloto“ tresti Buxtarma boshqarmasi direktori va 1938-yildan 1939-yilgacha — Sverdlovsk viloyati Nevyansk shahri ural oltin tresti Nevyansk boshqarmasi direktori lavozimlarida ishlaydi. 1940-yilda rangli metallurgiya xalq komissariati rahbariyati tarkibiga kiruvchi 6 oylik kurslarni tamomlagan. 1940-yildan 1942-yilgacha — Kokchetov viloyati Stepnyak shahridagi trest boshqaruvchisi.
1942-yildan 1944-yilgacha — SSSR rangli metallurgiya xalq qoʻmitasining „Glavzoloto“ Bosh boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari va1944-yildan 1946-yilgacha — Irkutsk viloyatidagi „Glavzoloto“ boshligʻi — „Lenzoloto“ tresti boshligʻi oʻrinbosari sifatida faoliyat yuritgan.
1946-yildan 1952-yilgacha — SSSR IIV maxsus Bosh boshqarmasining „Lenzoloto“ tresti boshqaruvchisi.
1952-yil aprel oyidan — Magadan shahridagi „Dalstroy“ SSSR IIV SDS bosh boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari.
1956-yil 27-fevraldan 1957-yil martgacha — „Dalstroy“ boshligʻi boʻlgan.
1957-yil 29-maydan 1959-yilgacha— Magadan sovnarxozining birinchi raisi.
SSSR xalqaro kengashi huzuridagi „Rosglavtsvetsnabsbit“ boshligʻi hisoblanadi.
Darajasi
Yuriy Chuguyev 1947-yilda mehnat faoliyati davomida koʻrsatgan fidoyiligi uchun muhandis-polkovnik darajasini olgan.
Mukofotlari
Yuriy Chuguyev mehnat faoliyati davomida koʻrsatgan faolligi uchun bir qancha mukofotlar bilan taqdirlangan.
Adabiyotlar
Manbalar
uz.wikipedia.org