Yuriy Chuguev




Yuriy Veniaminovich Chuguyev (1910-yil 23-aprel, Andijon, Fargʻona viloyati, Rossiya imperiyasi — 1964-yil 23-iyul, Moskva, SSSR) — SSSR oltin qazib olish sanoatining yetakchilaridan biri, muhandis-polkovnikgi hisoblanadi.

Biografiyasi



1910-yil 23-aprelda Rossiya imperiyasining Fargʻona viloyati Andijon shahrida tavallud topgan.

Toʻqqiz yillik maktabni hamda oʻqishni tamomlaganidan keyin Moskvadagi zavod va fabrikalarda tokar-revolverchi boʻlib faoliyat olib borgan.

1931-yilda  Sovet Ittifoqi Kommunistik Partiyasi saflariga kiradi. Shu vaqtdan boshlab oltin qazib olish sanoatida ishlay boshlaydi.

1936-yildan 1938-yilgacha — Sharqiy Qozogʻiston viloyati Zyryanovka tumanidagi „Altizoloto“ tresti Buxtarma boshqarmasi direktori va 1938-yildan 1939-yilgacha — Sverdlovsk viloyati Nevyansk shahri ural oltin tresti Nevyansk boshqarmasi direktori lavozimlarida ishlaydi. 1940-yilda rangli metallurgiya xalq komissariati rahbariyati tarkibiga kiruvchi 6 oylik kurslarni tamomlagan. 1940-yildan 1942-yilgacha — Kokchetov viloyati Stepnyak shahridagi trest boshqaruvchisi.

1942-yildan 1944-yilgacha — SSSR rangli metallurgiya xalq qoʻmitasining „Glavzoloto“ Bosh boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari va1944-yildan 1946-yilgacha — Irkutsk viloyatidagi „Glavzoloto“ boshligʻi — „Lenzoloto“ tresti boshligʻi oʻrinbosari sifatida faoliyat yuritgan.

1946-yildan 1952-yilgacha — SSSR IIV maxsus Bosh boshqarmasining „Lenzoloto“ tresti boshqaruvchisi.

1952-yil aprel oyidan — Magadan shahridagi „Dalstroy“ SSSR IIV SDS bosh boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari.

1956-yil 27-fevraldan 1957-yil martgacha — „Dalstroy“ boshligʻi boʻlgan.

1957-yil 29-maydan 1959-yilgacha— Magadan sovnarxozining birinchi raisi.

SSSR xalqaro kengashi huzuridagi „Rosglavtsvetsnabsbit“ boshligʻi hisoblanadi.

Darajasi



Yuriy Chuguyev 1947-yilda mehnat faoliyati davomida koʻrsatgan fidoyiligi uchun muhandis-polkovnik darajasini olgan.

Mukofotlari



Yuriy Chuguyev mehnat faoliyati davomida koʻrsatgan faolligi uchun bir qancha mukofotlar bilan taqdirlangan.

Adabiyotlar




Manbalar




uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz