Yuriy Basov




 

Yuriy Vasilyevich Basov (3-oktyabr 1951-yil, SSSR) – sovet sobiq futbolchisi, himoyachi pozitsiyasida oʻynagan.

Faoliyati



Toshkentning „Paxtakor“ sport maktabi tarbiyalanuvchisi, birinchi murabbiy S.Arutyunov hisoblanadi. U 1971-yil 2-mayda SSSR Oliy ligasining 5-turi doirasida SSKA jamoasiga qarshi uy uchrashuvida (1:3), 55-daqiqada Ravshanbek Yunusovni oʻrniga maydongga tushgan. Yuriy navbatdagi oʻyinini 5-noyabr kuni, mavsumdagi ikkinchi oʻyinni oʻtkazdi. Soʻnggi turda „Paxtakor“ „Shaxtyor“ jamoasi ustidan gʻalaba qozondi, ammo baribir birinchi ligaga tushib ketdi. 1973-yilda u 11 ta „mavsumning eng yaxshi debyutantlari“ roʻyxatiga kirdi. U jamoadagi soʻnggi oʻyinini 1979-yil 21-martda SSSR kubogi doirasida „Pomir“ga qarshi oʻyinda (0:1) oʻtkazdi. Yuriy bu vaqt ichida SSSR chempionatlarida 169 ta oʻyin oʻtkazib, ikkita gol urgan (82 ta oʻyin, oliy ligada bitta gol). 1979-yilning may oyidan Jizzaxning „Boʻston“ jamoasi safida SSSR ikkinchi ligasida oʻynagan. 1980-yil fevral – mart oylarida u SSSR Kubogida uchta oʻyin oʻtkazdi, aprelda SSSR ikkinchi ligasida chempionatida uchta oʻyin oʻtkazdi va shundan soʻng faoliyatini yakunladi.

1980-yillarda u Ikkinchi liga oʻyinlarida hakam boʻlib ishlagan.

Manbalar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz