Yuriy Andropov




Yuriy Vladimirovich Andropov (1914, Stavropol oʻlkasi — 1984.9.2, Moskva) — KPSS MK bosh kotibi (1982—84), sobiq Ittifoq Oliy Kengashi raisi (1983-yildan), 1947-yildan Kareliya KP(b) MK 2-kotibi. 1951—52 yillarda KPSS MKda ishlagan. 1953— 57 yillarda Ittifoqning Vengriyadagi elchisi; sovet qoʻshinlarining Vengriyaga kiritilishida qoʻli boʻlgan (1956). 1957-yildan KPSS MK boʻlim mudiri. 1962-67 va 1982-yil maydan KPSS MK kotibi. 1973-yildan KPSS MK Siyosiy byurosi aʼzosi (1967-yildan nomzod). 1967—82 yillarda Ittifoq davlat xavfsizligi qoʻmitasi raisi; bu paytda A. rahbarligi ostida gʻayri fikrlovchilar va inson huquqlarini himoya qilish harakatiga qarshi repressiv chora-tadbirlar (qamash, fuqarolikdan mahrum qilish va boshqalar) amalga oshirildi. Bosh kotib sifatida partiya va davlatdagi inqirozni maʼmuriy usullar bilan toʻxtatishga uringan

Manbalar




uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz