Yurii Lubkovych
Yurii Olehovych Lubkovych (ukraincha: Юрій Олегович Лубкович; 1989-yil 31-may – 2023-yil 18-yanvar) – Ukrainalik diplomat, 2021-yildan 2023-yil vafotigacha Ichki ishlar vazirligi Davlat kotibi lavozimida faoliyat olib borgan.
Tarjimai holi
Lubkovych 2010-yilda Gollandiyaning Rotterdam Erasmus universitetini tamomlagan (majoring in business). Gʻarbiy Ukraina Milliy universitetida 2010-yilda menejment boʻyicha bakalavr, 2011-yilda esa tashqi iqtisodiy faoliyatni boshqarish boʻyicha magistr darajasini olgan.
Yurii 10 yil davomida davlat xizmatida faoliyat yuritgan. Ukraina Vazirlar Mahkamasi Kotibiyatida va Oliy Rada apparatida boshqaruv lavozimlarida ishlagan.
Lubkovych Kanada hukumati kotibiyati hamda Singapurdagi Nanyang Technological University da davlat menejerlari uchun maxsus oʻquv kurslarida qatnashgan.
Oʻlim
Lubkovych, ichki ishlar vaziri Denys Monastyrsky va ichki ishlar vaziri oʻrinbosari Yevhen Yenin bilan birga 2023-yil 18-yanvar kuni poytaxt Kiyev ning sharqiy chekkasida joylashgan Brovarydagi vertolyot qulashi oqibatida halok boʻlgan. Vertolyot halokatga uchragan paytda bolalar bogʻchasiga borib urilgan, halok boʻlganlar orasida bir bola ham boʻlgan. Yana kamida 25 kishi jarohatlangan.
Manbalar
uz.wikipedia.org