Yuri Gagarin




Yuriy Alekseyevich Gagarin (ruscha: Ю́рий Алексе́евич Гага́рин; 1934-yil 9-mart – 1968-yil 27-mart) sovet uchuvchisi va fazogiri boʻlgan. 1961-yili 12-aprelda Vostok - 1 fazoviy kemasida Yer orbitasini aylanib chiqib, koinotdagi ilk inson boʻldi.

Gagarin butun dunyoda tanilgan, koʻplab medal va ordenlar, jumladan, "Sovet Ittifoqi Qahramoni" ordeni bilan taqdirlangan. Gagarin keyinchalik Moskva yaqinida joylashgan Kosmonavt Tayyorlash Markazining boshliq oʻrinbosari boʻldi; ushbu markaz hozirda uning nomi bilan ataladi. Gagarin 1968-yili Mig 15 uchogʻini boshqarayotib, halokatga uchradi va vafot etdi.

Gagarin sharafiga xotira tangalari, pochta markalari zarb etilgan, haykal va monumentlar oʻrnatilgan, uning sharafiga maktab, kinoteatr, topografik joylar nomlangan. Har yili 12-aprelda Kosmonavtika Kuni nishonlanadi. 2011-yili odamzotning ilk parvozini Google ham xotirladi.

Gagarin Yuriy Alekseevich (1934.9.3, Smolensk viloyati, Klushino qishlogʻi — 1968.27.3) — kosmonavt uchuvchi, dunyoda birinchi boʻlib kosmik fazoga parvoz etgan. Qahramon (1961), polkovnik. Jukovskiy nomidagi Harbiy-havo muhandislik akademiyasini bitirgan (1968). 1961-yil 12-aprelda "Vostok - 1" kosmik kemasida parvoz qilib, 1 soat 48 min.da yer sharini aylanib uchdi. Kosmonavtlar ekipajlarini oʻqitish va mashq qildirishda qatnashdi. Samolyotda mashq qilayotgan vaqtida falokat yuz berib halok boʻldi. Xalqaro aviatsiya federatsiyasi qarori bilan 1968-yilda Yuriy Alekseevich Gagarin nomidagi oltin medal taʼsis etildi. Jahondagi koʻp shaharlarda G. nomi abadiylashtirilgan. Jumladan Oʻzbekistonning Jizzax viloyatida shahar uning nomiga qoʻyilgan; Toshkent sh.da haykali oʻrnatilgan. Oyning orqa tomonidagi kraterga G.nomi berilgan.

Filateliya va numizmatika




Manbalar




Adabiyotlar




Havolalar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz