Юри Алберто




Yuri Alberto Monteiro da Silva (talaffuzi: Yuriy Alberto Monteyro da Silva) — braziliyalik futbolchi Rossiyaning „Zenit“ klubi futbolchisi boʻlib, „Corinthians Paulista“da ijara asosida toʻp suradi.

Jamoalardagi faoliyati



„Santos“ klubi tarbiyalanuvchisi. 2017-yilning 17-noyabrida „Bahia“ga qarshi o‘yinda u Braziliya A seriyasida debyut qildi. 2018-yil 7-mart kuni Paulista ligasi doirasida „Gremio Novurizontino“ga qarshi o‘yinda u „Santos“ safidagi ilk golini urdi. 2020-yilda u „Internacional“ga oʻtdi va 16-avgust kuni „Fluminense“ga qarshi oʻyinda debyut qildi. 15-oktabr kuni „Sport Resifi“ga qarshi bahsda u „Internasional“ uchun birinchi golini urdi. 2021-yil 21-yanvarda „San-Paulu“ga qarshi oʻyinda u xet-trik qayd etdi. Libertadores kubogi-2021da Yuriy Alberto Paragvayning „Olimpia“ va Venesuelaning „Deportivo Tachira“ darvozalariga uchta gol urdi.

2022-yilning 30-yanvarida u Rossiyaning Sankt-Peterburgning „Zenit“ klubiga oʻtdi. Shartnoma 5 yilga imzolandi. 28-fevral kuni „Rubin“ga qarshi oʻyinda u RPLda debyut qildi. Oʻsha oʻyinda u klub uchun birinchi golini urdi.

2022-yil 29-iyun kuni „Zenit“ Yuri Albertoning „Corinthians Paulista“ga ijaraga o‘tganini eʼlon qildi.

2022-yilning 18-avgust kuni Youri Alberto yangi jamoasi uchun ilk gollarini urdi. Braziliya kubogi bahsida hujumchi „Atletico Goyaniense“ ga qarshi oʻyinda xet-trik qayd etdi. Birinchi oʻyinda 0:2 hisobida magʻlub boʻlganidan soʻng, javib oʻyindagi 4:1 hisobidagi gʻalaba evaziga „Corinthians“ toʻplar farqi bilan turnirning yarim finaliga chiqishga muvaffaq boʻldi.

Terma jamoadagi karyerasi



2017-yilda Braziliya yoshlar terma jamoasi tarkibida Yuriy Alberto Chilida boʻlib oʻtgan Janubiy Amerika yoshlar chempionatida gʻolib chiqdi. Turnirda u Paragvay, Argentina, Venesuela va Chili jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan. Argentina va venesuelaliklarga qarshi janglarda u gol urdi.

Oʻsha yili Yuriy Alberto Hindistonda boʻlib oʻtgan yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionatida ishtirok etdi. Turnirda u Shimoliy Koreya, Germaniya, Angliya va Mali bilan oʻyinlarda ishtirok etgan. Maliliklarga qarshi bahsda gol urdi.

Terma jamoada




Statistika




Manbalar




uz.wikipedia.org



Uzpedia.uz