Yurakning yopiq jarohatlanishi




Yurakning yopiq jarohatlanishini 4 tur farqlanadi:

Chayqalish

Yurakni yopiq jarohatlanishini yengil formasi. Tez rivojlanuvchi qisqa muddatli va og'ir bo'lmagan klinik elektrokardiografik o'zgarishlardan iborat. Kardialgiyadan tashqari taxikardiya, aritmiya, qorinchalarda o'tkazuvchanlikni buzilishlari va repolyarizatsiya buzilishlari kuzatiladi. O’zgarishlar davomiyligi bir necha minut yoki soat davom etadi. Yurakning mexanik jarohati
- klinik belgilari sekin asta paydo bo'ladi. Unga kardialgiyalar, stenokardiya, aritmiya, yurak chegaralari kattalashuvi, xansirash xos. Ba’zida o'tkir yurak yoki koronar yetishmovchihk kuzatiladi. Auskultalsiyada yurak tonlari keskin pasayadi.

Jarohatlanishli yurak yorilishi
- yurakni yopiq jarohatlanishini og'ir formasi bo'lib, ko'p hollarda o'lim bilan yakunlanadi.

Infark
Birlamchi jarohatlanishdan keyingi miokard infarkti klinik turlari ko'p turlidir. Ammo ular ichida anginoz forma (70%) yetakchilikni egallaydi. Ko'p hollarda shikastlanishning transmural bo'lmagan turlari kuzatiladi, chap qorinchaning oldingi devorida nekroz oʻchog'i paydo bo'ladi. Yaralanganlarda ovqat hazm qilish tizimi tomonidan yuzaga kelgan asoratlar ko'p hollarda, gastrit, уarа kasalligi va kolitlar shaklida kechadi. Yara kasalligini qaytarilishi yaralanishdan so'ng erta davrda (10 kungacha davrda) kuzatiladi. Kolit, gepatit yaralanishli sepsisning muhim belgilaridan biridir. Ular rivojlanishi asolida infeksion - toksik va modda almashinuvining buzilishlari yotadi.[[Foydalanuvchi:|]]

uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz