Yurak so'rg'ichsimon mushaklari
Soʻrgʻichsimon muskullar yurak qorinchalarida joylashgan mushaklar. Ular boʻlmacha va qorinchalar orasida joylashgan ikki tabaqali (mitral) va uch tabaqali qopqoqlar bilan paysimon ipchalar orqali birikadi va bu qopqoqlarning sistolasi (qorincha qisqarishi) inversiyasi yoki prolapsasini oldini olish uchun qisqaradi. Soʻrgʻichsimon mushaklar umumiy yurak massasining taxminan 10% ni tashkil qiladi.
Tuzilishi
Yurakda jami beshta soʻrgʻichsimon mushaklar mavjud; 3 tasi oʻng qorinchada va 2 tasi chapda qorinchada. Oʻng qorinchaning oldingi, orqa va toʻsiq sohalari soʻrgʻichsimon mushaklari paysimon ipchalar orqali uch tabaqali qopqoqga birikadi. Chap qorinchaning old-yon va orqa-oʻrta soʻrgʻichsimon mushaklari paysimon ipchalar orqali mitral qopqoqqa birikadi.
Qon bilan taʼminlanishi
Chap qorinchadagi ikki tabaqali qopqoq (mitral klapan) soʻrgʻichsimon mushaklari old-yon va orqa-oʻrta mushaklar deb ataladi
Orqa-oʻrta mushak tez-tez yorilib ketadi. Chunki u faqat bitta qon tomir bilan taʼminlanadi. Shuning uchun oʻng tojsimon arteriya — orqa qorinchalararo arteriya yopilib qolishi soʻrgʻichsimon mushaklarning yorilishiga olib keladi.
Funksiyasi
Oʻng va chap qorinchalarning soʻrgʻichsimon mushaklari qorincha qisqarishidan biroz oldin qisqarishni boshlaydi va butun taranglikni saqlaydi. Bu boʻlmacha va qorinchalararo qopqoqlarni prolapsiga qarshi mustahkamlab, qorinchalardagi yuqori bosim taʼsirida qorincha qonining orqaga qaytishi yaʼni qorincha boʻshliqlariga orqaga qaytishini oldini oladi.
Klinik ahamiyati
Soʻrgʻichsimon mushaklarni yorilishi miokard infarktiga sabab boʻladi va ishemiya tufayli funksiyasi buziladi. Ikkala asorat ham ikki tabaqali qopqoq (mitral klapan) yetishmasligiga olib keladi.
Qoʻshimcha rasmlar
Yana qarang
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org