Yurak (qoʻshiq)
„
Yurak “ (toʻliq nomi „
Yurak (Tomchi 2) “; „
Aldangan yurak “ deb ham nomlanadi) — oʻzbek xonandasi Rayhon ijro etgan qoʻshiq. Xonanda qoʻshiqni 2018-yilning fevralida bergan konsertida ilk bor ijro qilgan. Oʻsha yilning aprelida qoʻshiq Oʻzbekiston radiokanallarida eʼlon qilingan. Tarona Rayhonning 2020-yil eʼlon qilingan „Mayli manda“ albomiga kiritilgan. Albomdan taronaning remiksi ham oʻrin olgan. „Yurak“ qoʻshigʻini xonanda Hamdam Sobirov va bastakor Jasur Badalboyevlar yozgan. Qoʻshiq tonalligi — si-bemol minor.
Yurak qoʻshigʻi uchun olingan klip Rayhonning YouTubeda eng koʻp koʻrilgan musiqiy videolarining biridir. Klipda taniqli aktyorlar Alisher Uzoqov, Muqaddas Saʼdullayeva va Shahzod Sultonovlar rol oʻynagan. Shuningdek, Sultonov qoʻshiqqa kiritilgan sheʼrni oʻqigan. Klip 2018-yilning mayida YouTubega yuklanganidan to 2020-yilning oktyabriga qadar 33 million martadan oshiq koʻrilgan. Klipda xonandaning „Tomchi“ nomli qoʻshigʻi uchun olingan klip syujeti davomi tasvirlangan. Shuning uchun ham kompozitsiyaga „Yurak (Tomchi 2)“ nomi berilgan.
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org