Yuqori Reyn Pasttekisligi
Yuqori reyn pasttekisligi - Germaniya va Fransiyadagi pastgekislik, Yura va Reyn Slanetsli togʻlari oraligʻida. Uz. 300 km, eni 40 km gacha. Yu.Yuqori reyn pasttekisligi boʻsh kaynozoy yotqiziqlari bilan toʻlgan graben boʻlib, jan.dan shim.ga Reyn daryosi oqib oʻtadi. Iqlimi moʻʼtadil iqlim. Yillik yogʻin 500–700 mm. Dehqonchilik qilinadi (bugʻdoy va qand lavlagi ekiladi), tokzor va bogʻ koʻp. Yirik shaharlari: Karlsrue, Mangeym, FrankfurtMayn, Strasbur.
uz.wikipedia.org