YUNUSOV MASHRAB (1909.25.5, Yaypan shahri — 1997.10.10, Toshkent) — aktyor, xonanda (lirik tenor). O’zbekiston xalq artisti (1952). 1931-33 yillar Farg’ona kz—sz teatrida, 1933-41 va yana 1945-62 yillar Andijon teatrida, 1963-89 yillar Toshkentdagi Muqimiy teatrida ishlagan. Yunusov ijodi psixologik o’tkir talqini, yuksak mahoratli ijrosi bilan ajralib turadi. “Gulsara” (K.Yashin) dagi qodir, “Tohir va Zuhra” (S.Abdulla)da Tohir, “Qurbon Umarov” (S.Abdulla)da Qurbon, “Ravshan va Zulxumor” (K.Yashin)da Ravshan, “Romeo va Juletta” (U.Shekspir)da Paris, “Alisher Navoiy” (I.Sulton, Uyg’un)da Alisher Navoiy, “Momo yer” (Ch.Aytmatov)da Oqsoqol, “Maysaraning ishi” (Hamza) da cho’pon, “Olifta” (F.Musajonov)da Yakvalxo’ja, “Paranji sirlari” (Hamza) da Norboyvachcha, Umurzoqboy kabi rollari bilan Shuhrat qozongan. Yu. film (“Tohir va Zuhra”da Parpi Hofiz, “O’tgan kunlar”da tabib, “Furqat”da ruhiy, “Mehrobdan chayon”da Kalonshoh, “13 terak ko’chasi”da Hakim aka, “Olovli yo’llar”da Shayx va boshqalar) va televizion videofilm (“Ulug’bek xazinasi”da Shayxulislom, “Alisher Navoiy”da Fasihiddin va boshqalar) larda ham suratga tushgan.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish