Yunus surasi
Yunus surasi (arabcha: سورة يونس, nomining maʼnosi — Yunus (nom) [8][9]) — Qurʼonning 10-surasi. Makkiy suralardan biri, 109 oyatdan iborat. Bu sura Qurʼonning 208–221-sahifasida va 11-juzida joylashgan. 51-boʻlib nozil boʻlgan.
Asosiy maʼnosi
Ushbu surada islomiy aqidaning asl mohiyati: Allohga iymon keltirish, Uning kitoblariga, paygʻambarlariga, qayta tirilishga
va qiyomat kunidagi jazo-mukofotga ishonish haqida soʻz boradi. U ilohiy kitoblarga, xususan Qurʼoni Karimga iymon keltirishga qizgʻin daʼvat qilishi bilan boshqa suralardan ajralib turadi.
Bu sura boshlab paygʻambarlik va paygʻambarlar haqida soʻzlab, Alloh avvalu oxir
hamma bandalariga Oʻz paygʻambarini yuborganini, binobarin, oxirgi paygʻambar
Muhammad alayhis-salomning kelishlaridan ajablanishga oʻrin yoʻqligini uqtiradi. Keyin
xudo va bandaning haqiqati bayon qilinib, yaratgan bilan yaralgan orasidagi aloqa
qanday boʻlishi lozimligi aytiladi va odamlarga haqiqiy Parvardigorlari qanday zot
ekanligi tanitilib, faqat Ungagina ibodat qilishlari durust va zarur ekanligi taʼkidlanadi.
Yana bu surada mushriklarning Qurʼonga boʻlgan munosabatlari haqida hikoya qilinib, bu Kitob haqiqiy ilohiy moʻʻjiza ekani aytiladi, Va “uni Muhammad oʻzi toʻqib yozgan”, deb unga oʻxshash birgina sura yozib bersinlar, asossiz ekanligi oshkor etiladi.
Surada Nuh, Muso, Yunus kabi paygʻambarlarning qissalari zikr qilinadiki, suraning nomi
ham ulardan biri — Yunus paygʻambar ismlari bilan atalgandir. Sura nihoyasida esa paygʻambar alayhis-salomga faqat Allohning koʻrsatma-vahiylariga amal qilish va Alloh yoʻlida chekiladigan ozor-mashaqqatlarga sabru toqat qilish amr etiladi.
Manbalar
YUNUS SURASI (Wayback Machine saytida 2012-06-30 sanasida arxivlangan)
uz.wikipedia.org