Yunus Akgun




Kategori:Türkçe Vikipedi ile Vikiveride aynı resim olan maddeler
Yunus Akgün (2000-yil 7-iyulda Istanbulda tugʻilgan) — Turkiya milliy terma jamoasi futbolchisi hisoblanib,oʻng qanotda oʻynaydi. U Superliga jamoasi boʻlgan „Galatasaroy“da faoliyat yuritib kelmoqda.

Jamoalardagi faoliyati



Akgun futbolchilik faoliyatini dastlab 2011-yili Galatasaroy yoshlar akademiyasida boshlaydi. Akademiyada oʻzini yaxshi tomondan koʻrsata olgani sababli 2017-yilning 7-iyulida Galatasaroy bilan 3 yillik rasmiy shartnomaga imzo chekadi. U 2018-yil 5-avgust kuni „Akhisar Belediyespor“ga qarshi oʻynagan Turkiya Superkubogi final bosqichida oʻzining dastlabki debyut oʻyinini oʻtkazadi. 2018-yilning 27-avgust kuni Alanyaspor jamoasiga qarshi bahsda Galatasaroy bilan Superligadagi ilk liga oʻyinini oʻtkazadi va 6:0 hisobida gʻalaba qozongan holda yosh futbolchi ligadagi ilk golli pasini ham shu uchrashuvda amalga oshirishga eriashadi. U 2018-19 UEFA Chempionlar ligasining 2-turida Porto klubiga qarshi kechgan uchrashuvda Galatasaroy jamoasi tarkibida 86-daqiqada maydonga tushgan holda Emre Belözogʻludan keyin Chempionlar Ligasida oʻynagan eng yosh Galatasaroy futbolchisiga aylanadi.

Adana Demirspor



2020-21-yilgi mavsum boshida u „Galatasaroy“dan „Adana Demirspor“ga ijaraga beriladi. Oʻsha mavsum Adana vakilining Superligaga chiqishiga katta hissa qoʻshish bilan birga, 28 oʻyinda 5 gol va 3 golli uzatmani amalga oshiradi.

Ayniqsa, Adana Demirspor prezidenti Murat Sancak mavsum avvalida futbolchini klubga qaytarishni xohlaydi, Adana Demirsporda yana 1 yil ijara asosida faoliyat olib boradi va 38 oʻyinda 9 gol va 17 golga assistentlik qilgan.

Terma jamoadagi faoliyati



Yunus Akgün, 2017-yili Xorvatiyada oʻtkazilgan 2017-yili 17-yoshgacha boʻlganlar oʻrtasidagi Yevropa futbol chempionatida Turkiyaning 17-yoshgacha boʻlgan milliy futbol terma jamoasi safida boʻlgan. Futbolchi oʻsha yili Hindistonda boʻlib oʻtgan 2017-yilgi FIFA U-17 Jahon chempionatida ham ishtirok etgan.

Milliy terma jamoa gollari



ESLATMA: Maʼlumotlar Turkiya sahifasiga asoslangan.

Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz