Yunus Akgün




Yunus Akgün (2000-yil 7-iyulda tugʻilgan; Küçükchekmece, Istanbul) — Turkiya milliy terma jamoasi futbolchisi ,oʻng qanotda oʻynaydi. U Superliga jamoalaridan biri „Galatasaroy“da faoliyat yuritadi.

Jamoalardagi faoliyati



Akgün futbolchilik faoliyatini 2011-yili Galatasaroy yoshlar akademiyasiga qoʻshilish bilan boshlaydi. Infratuzilma toifalarida muvaffaqiyatli ishlashi bilan 2017-yilning 7-iyulida Galatasaroy bilan 3 yillik rasmiy shartnoma imzo chekadi. U 2018-yil 5-avgust kuni " Akhisar Belediyespor "ga qarshi oʻynagan Turkiya Superkubogi finalida professional debyut qilgan. 2018-yilning 27-avgust kuni Alanyaspor bilan oʻynagan bahsida Galatasaroy bilan Superligadagi ilk liga oʻyinini oʻtkazgan va 6:0 hisobida gʻalaba qozongan yosh futbolchi ligadagi ilk golli uzatmasini ham shu uchrashuvda amalga oshirgan. U 2018-19 UEFA Chempionlarining 2-turida Porto bilan toʻqnash kelgan Galatasaroyda 86-daqiqada oʻyinga tushgan yosh futbolchi Emre Belözogʻludan keyin Chempionlar Ligasida oʻynagan eng yosh Galatasaroy futbolchisi boʻldi.

Adana Demirspor



2020-21 yilgi mavsum boshida u „Galatasaroy“dan „Adana Demirspor“ga ijaraga beriladi. Oʻsha mavsum Adana vakilining Superligaga chiqishiga katta hissa qoʻshish bilan birga, 28 oʻyinda 5 gol va 3 golli uzatmani amalga oshirdi.

Ayniqsa, Adana Demirspor prezidenti Murat Sancak mavsum avvalida futbolchini klubga qaytarishni xohlaydi, Adana Demirsporda yana 1 yil ijara asosida faoliyat olib boradi va 38 oʻyinda 9 gol va 17 golga assistentlik qilgan.

Terma jamoadagi faoliyati



Yunus Akgün, 2017-yili Xorvatiyada oʻtkazilgan 2017-yili 17-yoshgacha boʻlganlar oʻrtasidagi Yevropa futbol chempionatida Turkiyaning 17-yoshgacha boʻlgan milliy futbol terma jamoasi safida boʻlgan. Futbolchi oʻsha yili Hindistonda boʻlib oʻtgan 2017-yilgi FIFA U-17 Jahon chempionatida ham ishtirok etgan.

Milliy terma jamoa gollari



ESLATMA: Maʼlumotlar Turkiya sahifasiga asoslangan.

Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz