Yuliya Zlobina




Yuliya Sergeyevna Zlobina (ruscha: Юлия Сергеевна Злобина; 1989-yil 28-iyun, Kirov, SSSR) — asl millati rus boʻlgan muz ustida raqs musobaqalarida qatnashgan ozarbayjonlik figurali uchuvchi. Sherigi Aleksey Sitnikov bilan birga 2011-yilgi Estoniya ochiq chempionati gʻolibi, qishki Universiadaning kumush medali va 2011-yilgi Memorial Ondrey Nepela musobaqasining bronza medali sovrindori boʻlgan.

Faoliyati



Yuliya Zlobina 5 yoshida figurali uchishni boshlagan. Dastlab yakkalik konkida uchish bilan shugʻullangan, Zlobina 10 yoshida Muz ustida raqsga oʻtgan. Kirovda Olga Nikolayevna Ryabinina murabbiyligida sport bilan shugʻullangan. 2004-yilda xalqaro miqyosda chiqishni boshladi, oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-prida qatnashdi.Yuliya 2006—2007-yilgi mavsumda oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri bosqichlaridan birini yutib, ikkinchi bosqichda bronza medalini qoʻlga kiritdi va finalga yoʻllanma olib, u yerda 6-oʻrinni egalladi (8ta ishtirokchidan). Keyingi mavsumda „kattalar“ oʻrtasidagi Gran-prisi bosqichida ishtirok etdi, ammo muvaffaqiyat qozona olmadi (7 va 9-oʻrinlar).

2009-yil may oyida juftlik murabbiy Ryabinina bilan birga Moskvaga koʻchib oʻtdi va Yelena Kustarova hamda Svetlana Alekseyeva ularga murabbiylik qildi. Ammo katta raqobat tufayli Rossiyaning asosiy jamoasiga kirishning iloji boʻlmadi. Ularning Rossiya chempionatidagi eng yuqori oʻrni 2010-yilda 5-oʻrin edi.

2013-yil mart oyida Yuliya Zlobina Aleksey Sitnikov bilan juftlikda 2014-yilda Sochida boʻlib oʻtadigan Qishki Olimpiada oʻyinlariga yoʻllanmani Kanadaning London shahrida boʻlib oʻtgan jahon chempionatida qoʻlga kiritdi. Yil oxirida Italiyada boʻlib oʻtgan qishki Universiadada ozarbayjonlik juftlik ozarbayjonlik figurali uchuvchilar oʻrtasida birinchi marta kumush medalni qoʻlga kiritdi.

Natijalari



Ozarbayjon vakili sifatida



(A. Sitnikov bilan)

Rossiya vakili sifatida



(A. Sitnikov bilan)

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz