Yuliya Dmitrievna Zivert
Zivert (haqiqiy ismi –
Yuliya Dmitriyevna Zivert , qizlik familiyasi
Sitnik[4] ; 1990-yil 28-noyabr, Moskva, SSSR) – rus estrada xonandasi. 2017-yilda „Chak“ va „Anesteziya“ qoʻshiqlari bilan mashhur boʻlgan. 2018-yil oxirida „Life“ treki chiqqandan keyin keng mashhurlikka erishadi.
Biografiyasi
1990-yil 28-noyabrda Moskvada tugʻilgan. Zivertning oʻzi aytganidek, bolaligidan „oʻz oilasi uchun doimo kontsertlar uyushtirgan“. 2017-yil 1-aprelda YouTube kanalida „Chak“ deb nomlangan debyut qoʻshigʻini taqdim etdi. 17-iyun kuni unda videoning premyerasi boʻlib oʻtdi. Ikkinchi qoʻshigʻi „Anesteziya“ 15-sentyabrda chiiqan. 2018-yil 17-yanvarda ushbu qoʻshiq uchun klip oilngan. 2018-yil 5-iyun kuni YouTubeda „Yeshcho xochu“ qoʻshigʻi klipi namoyish etildi. 2018-yil 24-oktyabrda YouTubeda 80-yillar uslubida yaratilgan „Zelyoniye volni“ qoʻshigʻiga ishlangan videoklipeʼlon qilindi. 2019-yil 12-mart kuni YouTubeda „Life“ qoʻshigʻi uchun videoklip taqdim etilgan, oʻsha paytga qadar qoʻshiq turli raqamli platformalarda uch yarim oydan beri mashhur boʻladi. Videoklip Gonkongda suratga olingan. 2019-yil 27-sentabrda u oʻzining debyut albomi Vinyl #1 ni chiqardi. „Life“ treki 2019-yilda Shazamda eng koʻp qidirilgan singl boʻldi, shuningdek, Yandex maʼlumotlariga koʻra, 2019-yilning eng mashhur treklari orasida birinchi oʻrinni egalladi. Apple Music boʻyicha Rossiyada eng koʻp tinglangan treklar reytingida ikkinchi oʻrinni olgan. 2020-yil avgust oyi oxirida Zivert Rossiyadagi yangi brend MAC Cosmetics kompaniyasining yuzi vaelchisiga aylandi. 2020-yil sentyabr oyidan MUZ-TV kanalida Yandex chartining boshlovchisi .
Manbalar
uz.wikipedia.org