Yuliia Dzhima
Yuliia Dzhima (ukraincha: Юлія Валентинівна Джима; 1990-yil 19-sentyabrda tugʻilgan) — ukrainalik Jahon kubogi darajasidagi biatlonchi. Yuliia ayollar estafetasi boʻyicha Olimpiya chempioni, koʻp marotaba jahon chempionatlari sovrindori. U 2010-yillardagi eng muvaffaqiyatli ukrainalik biatlonchilardan biri.
Faoliyati
Yuliia oʻzi yashaydigan Kievda biatlon bilan shugʻullangan. Sport faoliyatining boshida uni istiqbolli yuksaluvchi sportchi sifatida koʻrmagan. U changʻida yaxshi natijalar koʻrsatmagan, shuning uchun murabbiylar uning yaxshi biatlonchi boʻlishiga shubha qilishgan.
2008-yil yanvar oyida u oʻzining birinchi xalqaro musobaqasida Germaniyaning Ruhpolding shahrida oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionatida qatnashgan. Keyingi uch yil davomida Ukraina oʻsmirlar terma jamoasi aʼzosi boʻlgan. Oʻshanda Jima juda yaxshi natijalarga erishgan, jumladan, 2009-yilgi oʻsmirlar oʻrtasidagi Yevropa chempionatida yakka tartibdagi musobaqada bronza medalini qoʻlgan kiritgan.
2012-yil 4-yanvarda u Germaniyaning Oberhof shahrida ayollar estafetasida keyinchalik Olimpiya oltinini qoʻlga kiritadigan jamoa bilan debyut qilgan. Keyin ular 8-oʻrinni egallagan. Ikki kun ichida u sprint boʻyicha birinchi poygasini 34-oʻrin bilan yakunlagan. Keyingi mavsumda, 2012—2013-yil, Yuliia estafeta poygalarida bitta gʻalaba va ikkita shohsupaga ega boʻlgan. 2013—2014-yilgi mavsumda u birinchi shohsuppani avstriyalik Xoxfilzenda ikkinchi oʻrinni egallagan. 2013-yilgi Jahon chempionatida u estafeta bahslarida kumush medalni qoʻlga kiritgan.
Yuliia Vita Semerenko, Valentina Semerenko va Olena Pidhrushna bilan birgalikda 2014-yil Rossiyaning Sochi shahrida boʻlib oʻtgan qishki Olimpiya oʻyinlarida ayollar estafetasida oltin medalni qoʻlga kiritgan.
U 2017-yil yanvar oyida Ukraina Milliy Olimpiya qoʻmitasi tomonidan bir oyning eng yaxshi sportchisi mukofotini qoʻlga kiritgan.
Shaxsiy hayoti
Yuliyaning otasi sobiq ukrainalik biatlonchi Valentin Djima boʻlib, 1994-yilgi Qishki Olimpiya oʻyinlarida qatnashgan va keyingi yili faoliyatini yakunlagan. Uning onasi ham sportchi boʻlgan.
Bolaligidan uning sevimli mashgʻuloti rasm chizish boʻlgan.
Dzhima Sumi davlat universitetida chet tillari va ijtimoiy aloqalar boʻyicha tahsil olgan.
2018-yilgi Qishki Olimpiada oʻyinlaridan keyin 23 yoshdan kichik boʻlgan Yuliia Dzhima Ukraina ayollar terma jamoasi bosh murabbiyi Urosh Velepeç bilan uchrashgani haqida mish-mishlar tarqalgan.
Biatlon natijalari
Olimpiya oʻyinlari
1 ta medal (1 ta oltin)
Shaxsiy gʻalabalar
Manbalar
uz.wikipedia.org