Yulianna Karaulova




Yulianna Yuryevna Karaulova (1988-yil 24-aprel, Moskva) – rossiyalik estrada xonandasi va teleboshlovchi, 5sta Family guruhining sobiq yakkaxoni, „Yulduzlar fabrikasi-5“ finalchisi. „Fantastika“ning birinchi mavsumi gʻolibi, „Kim millioner boʻlishni xohlaydi?“ teleoʻyinining boshlovchisi (2023-yildan).

Biografiyasi



1988—2003-yillar: Bolaligi



Yulianna 1988-yil 24-aprelda Moskvada tugʻilgan. Karaulova 4 yoshida boʻlganida, otasi Bolgariyaga ishlashga joʻnatiladi va u oilasi bilan Sofiyaga koʻchib oʻtadi. Qoʻshiqchi Rossiyaning Bolgariyadagi elchixonasi qoshidagi maktabda tahsil olgan. 11 yoshida Yulianna Moskvaga qaytib keladi va bu yerda 1106-sonli maktabni tugatadi.

2003-yilda qoʻshiqchi oʻsmirlar jurnali „Yes!“ tomonidan tashkil etilgan „Yil yuzi“ tanlovida ikkinchi oʻrinni egallaydi. Shundan soʻng Karaulova „Yes!“ guruhining solistlaridan biriga aylanadi.

2004-yil: Yulduzlar fabrikasi



2004-yilda qoʻshiqchi Alla Pugachova boshchiligidagi Birinchi kanalning „Yulduzlar fabrikasi 5“ televizion loyihasining ishtirokchisiga aylanib, finalga chiqqan. Loyiha davomida qoʻshiqchi Ruslan Masyukov bilan duetda „Net tebya“ qoʻshigʻini ijro etgan. „Dojd“ yakkaxon kompozitsiyasi ham yozilgan. Loyihaning oxirida Karaulova Maksim Fadeyevning yangi „Netske“ guruhiga tarkibiga olinadi, guruh tarkibida „Ya djoker kinu na stol“ va „Ya popala v seti“ qoʻshiqlarini yozadi (ikkinchi qoʻshiq, koʻpincha Yuliannaning yakkaxon qoʻshigʻi sifatida qayd etilgan).

„Yulduzlar fabrikasi“dan keyin qoʻshiqchi yarim yil Londonda tahsil olgan. Bir muddat „Yes!“ jurnalida muharrir boʻlib ishlgan.

2011—2015-yillar: 5sta Family



2011-yil bahorida 5sta Familiy guruhining solisti Loya ketganidan keyin Karaulova guruhning solistiga aylanan. 4 yil davomida guruh bir nechta xitlarni yozib olib va bir qator nufuzli nominatsiyalar va mukofotlarga sazovor boʻladi, shu jumladan „Vmeste mi“ qoʻshigʻi uchun „Oltin Grammafon 2013“ni qoʻlga kiritishgan.

2014-yilda Yulianna Karaulova Rossiya musiqa akademiyasining prodyuserlik fakultetini tamomlaydi. Oldinroq qoʻshiqchi akademiyaning estrada-jazz vokal fakultetini tamomlagandi. 2015-yil 20-sentyabrda Karaulova guruhdan ketishini eʼlon qiladi.

2015—2016-yillar: „Chustvo Yu“ albomi



2015-yil may oyida hali 5sta Family guruhi tarkibida boʻlgan Karaulova „Ti ne takoy“ qoʻshigʻi uchun debyut videoklipini taqdim etadi. Qoʻshiq musiqasi va soʻzlari muallifi R’nʼB qoʻshiqchisi Byankadir. Videoklip Rimda suratga olingan. 2021-yil iyul oyiga koʻra, klip Youtube videoxostingida 40 milliondan ortiq marta koʻrilgan.

Dekabr oyining oxirida Karaulovaning „Xyuston“ qoʻshigʻi uchun olingan ikkinchi videoklipi chiqadi.

Debyut yakkaxon albomi „Chustvo Yu“ 2016-yil 30-sentyabrda chiqqan. Albom taqdimoti va Yulianna Karaulovaning birinchi yakkaxon konserti 1-noyabr kuni Moskvaning RED klubida boʻlib oʻtgan.

2016-yil dekabr oyida Dmitriy Malikov bilan birga kuylagan „Snejinka“ qoʻshigʻining premyerasi boʻlib oʻtadi.

2017-yil: „Fenomeni“ albomi



2017-yil 31-mart kuni „Ti moy“ qoʻshigʻining premyerasi boʻlib oʻtadi. 30-may kuni „Ne veryu“ singlining taqdimotoldi tadbiri boʻlib oʻtib, 18-iyun kuni qoʻshiq premyerasi boʻlib oʻtgan. 5-iyul kuni „Ne veryu“ videoklipining premyerasi boʻlgan. 10-oktyabr kuni Karaulova „Marsel“ va KREC guruhlari bilan birgalikda ijro etgan „Nebo lyubit nas“ qoʻshigʻining premyerasi boʻlib oʻtadi. 24-oktyabr kuni VKontakte ijtimoiy tarmogʻi foydalanuvchilari uchun „Prosto tak“ qoʻshigʻining eksklyuziv premyerasi, 27-oktyabrda esa qoʻshiqning umumiy premyerasi boʻlib oʻtgan. 17-noyabrda „Fenomeni“ mini-albomi chiqqan. 14-dekabr kuni „Prosto tak“ videoklipining premyerasi boʻlib oʻtadi.

2018—2019-yillar: Yangi qoʻshiqlar va „Bit silnimi“ albomi




2018-yil 30 mart kuni „Leti za mnoy“ qoʻshigʻining premyerasi boʻlib oʻtadi. 30-may kuni „Leti za mnoy“ videoklipining premyerasi boʻlgan. 6-iyun kuni „Odin den leta“ filmining saundtreki boʻlgan „Nebo lyubit nas“ videoklipining premyerasi boʻlib oʻtgan. 21-sentyabr kuni „Mayachki“ qoʻshigʻining premyerasi boʻladi. 30-noyabr kuni „Adrenalin tekila“ singlining premyerasi boʻlgan. 10-dekabr kuni „Mayachki“ klipining premyerasi boʻlib oʻtadi.

2019-yilning 15-fevralida „Luchshiy vrag“ videoklipining tizeri namoyish etiladi, 17-fevralda esa videoklipning premyerasi boʻladi.

15-mart kuni „Arivederchi“ singlining premyerasi boʻlgan. „Bit silnimi“ albomi 22-martda chiqarilgan. 20-may kuni „Arivederchi“ klipining premyerasi, 4-sentabr kuni esa „Tansi na nervax“ klipining premyerasi boʻlib oʻtgan.

2019-yildan




21-noyabr kuni „Dikaya Puma“ singlining premyerasi boʻlib oʻtdi, 9-dekabrda esa videoklipi chiqdi.

2020-yil 13-martda „Gradusi“ singli, 24-aprelda esa videoklipi premyerasi boʻlib oʻtgan. 21-iyul kuni „ProLyubov“ singlining premyerasi boʻlgan. 27-avgust kuni Maksim Fadeyev bilan „Tem, kto ryadom“ duet singlining premyerasi boʻlib oʻtib, 5-noyabr kuni videoklipi chiqqan . 16-noyabr kuni „Chao Chao“ singlining premyerasi boʻlgan.

2021-yil 29-yanvarda „Tak silno“ singlining premyerasi, 23-martda esa videoklipi premyerasi boʻlib oʻtadi. 7-iyul kuni „Vinchester“ singlining premyerasi boʻlgan. 17-noyabr kuni „Strannaya lyubov“ singlining premyerasi, 13-dekabrda esa „No1“ singlining premyerasi boʻlib oʻtdi.

Televideniye



2013-yilda Muz-TV kanalida VJ.

2014-yilda „Domshniy“ telekanalida boshlovchi.

2016-yil Birinchi kanalning „Lednikoviy period“ dasturida Maksim Trankov bilan birgalikda ishtirok etgan.

Birinchi kanalning „Vecherniy Urgant“ teleshousining 2016-yil 24-oktyabr, 2017-yil 4-dekabr, 2019-yil 24-aprel 2020-yil 23-apreldagi sonlarida mehmon sifatida qatnashgan.

2017-yil 26-noybarda Birinchi kanalning „Russkiy nindzya“ sport shousi boshlovchisi.

2017-yil 2-dekabrda Birinchi kanalning „Kim millioner boʻlishni xohlaydi?“ teleshousida teleboshlovchi Timur Solovyovbilan juftlikda bosh mukofot 3 million rublni qoʻlga kiritgan.

2018-yil 10-fevraldan 26-maygacha NTV telekanalining „Ti super“ xalqaro vokla tanlovining 2-masvsumida hakamlar hayʼati aʼzosi.

2018-yil 4-avgustdan TV-3 telekanalidagi „Vsyo, krome obichnogo“ loyihasi hakami.

2019-yil 15-martdan STS Love telekanalidagi „Bitva talantov“ loyihasida murabbiy.

2023-yildan Birinchi kanalning „Kim millioner boʻlishni xohlaydi?“ teleshousida teleboshlovchi.

Shaxsiy hayoti



Karaulova 17 yoshida Yulduzlar fabrikasida ovoz prodyuseri Andrey Chyorniy bilan uchrashgan va yetti yil oʻtib, yaqin munosabatlarni boshlashgan.

2016-yil 23 dekabrda Chyorniy Karaulovaga „Goluboy ogonyok“ yangi yil dasturini suratga olish paytida unga turmush chiqishni taklif qiladi.

2021-yil 29-mayda Karaulovaning Aleksandr ismli oʻgʻli tugʻiladi.

2021-yilda Karaulova turmushga chiqqani maʼlum boʻladi.

Diskografiyasi



„5sta Family“ guruhi tarkibida




Yakkaxon studiya albomlari




Video



„Yes!“ guruhi tarkibida




„Netske“ guruhi tarkibida




„5sta Family“ guruhi tarkibida




Yakkaxon kliplari




Yutuqlari



2015 – „Ti ne takoy“ qoʻshigʻi uchun „Oltin grammofon“ mukofoti laureati (Sankt-Peterburg).

2015 – „Ti ne takoy“ qoʻshigʻi uchun „Oltin grammofon“ mukofoti laureati (Minsk).

2016 – Ru. Tvning eng yaxshi start mukofoti laureati.

2016 – „Vneorbitniye“ oʻshigʻi uchun „Oltin grammofon“ mukofoti laureati.

2018 – „Prosto tak“ qoʻshigʻi uchun „Oltin grammofon“ mukofoti laureati.

2020 – „Gradusi“ laureat premii qoʻshigʻi uchun „Oltin grammofon“ mukofoti laureati.

Filmografiyasi



Kinodai roli




Dublyaj




Chartlar




Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz