Yulian Shimanskiy




Yulian Aleksandrovich Shimanskiy (1883-yil 17-dekabr, Toshkent, Sirdaryo viloyati, Rossiya imperiyasi – 1962-yil 1-aprel, Leningrad, RSFSR, SSSR) – sovet olimi. SSSR Fanlar akademiyasi akademigi, birinchi darajali Stalin mukofoti sohibi, RSFSRda xizmat koʻrsatgan fan va texnika arbobi.

Biografiyasi



Yulian Aleksandrovich Shimanskiy 1883-yil 17-dekabrda Rossiya imperiyasiga qarashli boʻlgan Sirdaryo viloyati Toshkent shahrida tugʻilgan. 1905-yilda dengiz muhandislik maktabini, 1910-yilda Sankt-Peterburgdagi dengiz akademiyasini tamomlagan.
1910—1912-yillarda Boltiqbo'yi kemasozlik va muhandislik zavodida Petropavlovsk va Sevastopol jangovar kemalarida muhandis yordamchisi boʻlib ishlagan.
1912—1916-yillarda Kronshtadtdagi dengiz muhandislik maktabida inspektor yordamchisi; maktabning kemasozlik boʻlimida asosiy kemasozlik fanlaridan dars bergan.
1916—1925-yillarda Putilov zavodining Shimoliy qismida kemasozlik texnik idorasi boshligʻi boʻlgan, u Butakov tipidagi yengil kreyserlar va Novik tipidagi esminetslar uchun ishchi chizmalarini ishlab chiqishga rahbarlik qilgan.
1920—1934-yillarda kemasozlik fanlari sikllari katta rahbari va Harbiy dengiz akademiyasining kemasozlik boʻlimi boshligʻi boʻlib faoliyat yuritgan.
1925—1927-yillar RKKF texnik boshqarmasi kemasozlik boʻlimi boshligʻi.
1927—1932-yillarda Oliy dengiz muhandislik maktabida oʻqituvchi. RKKF Ilmiy-texnik qoʻmitasining kema qurish boʻlimi boshligʻi.
1930-yil Butunittifoq kemasozlik ilmiy-texnika jamiyati boshqaruvi prezidiumi aʼzosi va „Kemasozlik“ hamda „VNITOSS materiallari“ jurnallarining tahririyat hay’ati aʼzosi etib saylangan.
1932—1938-yillar boʻlimi boshligʻi.
1933-yil SSSR Fanlar akademiyasining muxbir aʼzosi etib saylangan
(1933-yil 2-yanvar Fanlar akademiyasining muxbir aʼzosi – matematika va tabiiy fanlar boʻlimi)
1930(1932)—1938-yillarda Markaziy ilmiy-tadqiqot instituti boʻlimi boshligʻi, institut ilmiy-texnika kengashi raisi, kema zirhlash komissiyasi raisi.
1938-yil Kemalarning mustahkamligi boʻyicha mas’ul menejer. „Qizil Armiyada XX yil xizmati“ yubiley medali bilan taqdirlangan. Oliy attestatsiya komissiyasi unga professor ilmiy unvonini bergan. 1938—1945 Markaziy ilmiy tadqiqot instituti Ilmiy-texnika kengashi raisi.
1940-yil „Faxriy qutb tadqiqotchisi“ unvoni bilan taqdirlangan.
1941-yil RSFSRda xizmat koʻrsatgan fan va texnika arbobi unvoni berilgan. „Kema konstruksiyalarining dinamik hisobi“ ishi uchun birinchi darajali Davlat mukofoti bilan taqdirlangan.
1943-yil tugʻilganining 60 yilligi munosabati bilan harbiy kemasozlik va kemasozlik muhandislarini tayyorlash sohasidagi ajoyib xizmatlari uchun Lenin ordeni bilan taqdirlangan.
1945-yil SSSR Fanlar akademiyasining 220 yilligi munosabati bilan fan va texnikani rivojlantirishdagi ajoyib xizmatlari uchun Mehnat Qizil Bayroq ordeni bilan taqdirlangan.
1945—1950-yillarda Leningrad kemasozlik institutida kemalarning struktura mexanikasi kafedrasi mudiri boʻlib faoliyat yuritgan.
1947-yil Butunittifoq kemasozlik ilmiy-texnika jamiyati boshqaruvi raisi etib saylangan. Payvandlash texnik kengashining raisi etib tayinlangan.
1948-yil Leningrad Olimlar uyi kemasozlik seksiyasining raisi etib saylangan.
1950-yil Butunittifoq ilmiy muhandislik-texnika jamiyatining faxriy aʼzosi unvoni bilan taqdirlangan.
1953-yil SSSR Fanlar akademiyasining haqiqiy aʼzosi etib saylangan.
(1953-yil 23-oktyabr Fanlar akademiyasining akademigi – Texnika fanlari boʻlimi (kema qurilishi)) 1954-yil Uzoq xizmat va benuqson mehnati uchun Mehnat Qizil Bayroq ordeni bilan mukofotlangan. Leningrad Olimlar uyi kengashi raisi etib saylangan.
1955-yil Kemasozlik sanoati ilmiy-texnika jamiyati markaziy boshqaruvi raisi va uning faxriy aʼzosi etib saylangan. Mashinasozlik ishchilari kasaba uyushmasi Markaziy qoʻmitasi aʼzosi etib saylangan.
1956-yil Angliya dengiz muhandislari jamiyatining aʼzosi etib saylangan. U 1962-yil 11-aprelda Sankt Peterburgda vafot etgan va Literatorskiy qabristonida dafn etilgan.

Mukofotlari va unvonlari




Manbalar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz