Yulduzsimon qo‘ziqorin




Yulduzsimon qoʻziqorin (lotincha: Geastrum fimbriatum) — yulduzdoshlar oilasiga mansub yulduz turkumiga kiruvchi qoʻziqorin turi.

Tavsifi



Yosh meva tanalari yer ostida, deyarli sharsimon yoki tuxumsimon, diametri 1-4 sm, butun yuzasida miseliya sargʻish iplar bilan qoplangan. Ochilganda ekzoperidium yulduzsimon 5-8 (15) koʻpincha teng boʻlmagan, diametri 1-7 (8) sm boʻlgan nurlarga boʻlinadi, nurlar gigroskopik emas, odatda uchi qisilgan, vaqti-vaqti bilan ochiladi. Ekzoperidiumning miseliya qatlami yupqa, och jigarrangda boʻlib, uning ichida zarralari oʻsib boradi va tezda yoʻqoladi. Oʻrta qatlam tolali, oqish. Ichki qatlam dastlab oq rangga ega, keyin qorayadi va qoʻngʻir tusga kiradi.

Qatlamini oʻrab turgan endoperid oʻsimtasiz, ingichka va yumshoq boʻlib, dastlab och rangli, keyin qoʻngʻirrang boʻladi. Chanchisi konussimon, kamdan-kam hollarda, noaniq chegaralangan, tola-kiprikchali. Qobigʻi yetilganda jigarrang yoki och jigarrang boʻladi.

Qoʻziqorin sporalarda jigarrang, sharsimon yuzasi tuk koʻriniida, diametri 3,5-4,5 mkm. Kapillyasiya iplari ipsimon, qalinligi 7,2 mkm gacha, uchlari yupqalashgan, boʻyalmagan, keyinchalik jigarrang tus oladi.

Bu qoʻzqorin turining maydasi (ya’ni yoshlari) iste’molga yaroqli, uni qaynatmagan holatda oziq-ovqat sifatida ishlatish mumkin.

Turlari




Ekologiya va tarqalishi



U ignabargli (koʻpincha qaragʻay) oʻrmonlarda, kamroq bargli oʻrmonlarda, juda kamdan-kam hollarda ochiq joylarda oʻsadi.

Juda keng miqyosda bu tur butun dunyoga tarqalgan.

Taksonomiyasi



1829-yilda E.M.Friyes tomonidan nashr etilgan turning birinchi haqiqiy tavsifida muallif P.A.Mishelining (1729) Geaster major, umbilico fimbriato  chizilgan rasmiga ishora qiladi. Bu chizmada u qoʻziqorinning yetilmagan Geastrum triplex koʻrinishini ifodalaydi. Biroq, Friyes boshqa turdagi Geastrum fimbriatumni  zamonaviy ma’noda tasvirlab berdi. Turni Friyes tomonidan tasvirlangan Germaniyada Karl Lyudvig Vildenov tomonidan toʻplangan, ammo bu turning namunalari Vildenov gerbariysida topilmagan. 1989-yilda tanlangan neotip Stellan Stellan Sunxede tomonidan 1970-yilda Shvesiya janubida toʻplangan.

Adabiyotlar




uz.wikipedia.org



Uzpedia.uz