Yulduzli tunlar




„Yulduzli tunlar“ — oʻzbek yozuvchisi Pirimqul Qodirov qalamiga mansub tarixiy roman. Asarda Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti haqida soʻz yuritiladi. Qodirov mazkur roman ustida oʻn yil (1969—1978) davomida ish olib borgan. „Yulduzli tunlar“ga „Boburnoma“ hamda „Humoyunnoma“ asarlari asosiy manba boʻlib xizmat qilgan.

„Yulduzli tunlar“ zamonaviy oʻzbek adabiyotining eng sara asarlaridan biri hisoblanadi. Qodirov 80-yillarda „Yulduzli tunlar“ romanining mantiqiy davomi sanalmish Boburning farzandi Humoyun va nabirasi Akbar Jaloliddin Muhammad hayoti haqida hikoya qiluvchi „Avlodlar dovoni“ („Akbar“) romanini yozgan.

„Yulduzli tunlar“ dunyoning bir necha tillariga, jumladan, rus, qoraqalpoq, qirgʻiz, qozoq, urdu, turkman, hind, bengal hamda turk tillariga tarjima qilingan. Tarixiy roman, shuningdek, 2022-yilning noyabr oyida yapon tiliga ham tarjima qilinib namoyish etilgan.

Manbalar




uz.wikipedia.org



Uzpedia.uz