Yulduzlar evolutsiyasi
Yulduzlar evolutsiyasi — vaqt oʻtgan sari yulduzlarning fizik parametrlari va kimyoviy tarkiblari oʻzgarib borishi. Turli evolutsiya bosqichidagi yulduzlarning fizik parametrlarini taqqoslab koʻrish asosida oʻrganiladi. Gravitatsiya (tortishish) kuchlari taʼsirida yulduzlar orasidagi gaz va changlarning kondensatlanishi oqibatida protoyulduzlarning hosil boʻlishi, siqiluvchan yulduzlar markazida termoyadro energiya manbai paydo boʻlishi, ayrim yulduzlarning gigant yulduzlarga yoki mitti yulduzga aylanishi, massasi katta yulduzlarning gravitatsion kollapsi (neytron yulduz yoki qora oʻra hosil boʻlishi bilan yuz beradi) kabi hodisalar Yulduzlar evolutsiyasining bosqichlari hisoblanadi. Yulduzlar evolutsiyasi doim yuz berib turadigan uzluksiz jarayondir.
Manbalar
Oʻqish uchun
Havolalar
uz.wikipedia.org