YULDUZ YORQINLIGI
YULDUZ YORQINLIGI — yulduz nurining kuchini, ya’ni yulduzning birlik fazoviy burchakda nurlayotgan yorug’lik oqimini ifodalovchi miqdor. 3,81033 erg/ sek ga teng bo’lgan Quyosh yorqinligi birligida ifodalanadi. Yulduz yorqinligi tushunchasi umumiy fotometriyanyant “yorqinlik” tushunchasi bilan mos kelmaydi. Yulduz yorqinligi yulduz spektrining ma’lum bir qismiga tegishli (vizual, fotografik Yulduz yorqinligi va hokazo), yoki yulduzning butun spektri bo’yicha nurlanishiga (bolometrik Yulduz yorqinligi) tegishli bo’lishi mumkin. Bular bir-biridan katta farq qilib, bolometrik yorqinligi 5105 erg/sek. Quyosh yorqinligiga teng bo’lgan yulduzlar (o spectral sinfiga tegishli bo’lgan o’ta gigant yulduzlar), bolometrik yorqinligi Quyosh yorqinligidan bir necha yuz marta kam bo’lgan yulduzlar mavjud. Taxminan yorqinligi bu qiymatdan kam bo’lgan yulduzlar bo’lishi mumkin. Yulduz yorqinligi massa, radius va sirt temperaturasi kattaliklari qatoridagi muhim kattaliklaridan hisoblanadi. Bu kattaliklar orasidagi bog’lanishlar nazariy astrofizikada o’rganiladi.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Uzpedia.uz