Yuksak hislar




Kishilik jamiyati bilan hayvonot olami o ʻrtasida psixologik tafovutlar yuksak hislarda o'z ifodasini topadi. Yuksak hislar ongli harakatlarni bajarishning obyektiv sharoitlari, yo'nalishlari, m azm uni bilan uyg'unlashgan shaxs em otsional holatining barqaror, murakkab tarkibida paydo bo`ladi va kechadi. Koʻplab kechirilayotgan emotsiyalarda, affektlarda, kayfiyatlarda seziladigan umumIashma hislar yuksak hislar deb ataladi. Ular o ʻz tarkibiga sodda tuzilgan hislarni qamrab oladi, lekin oddiy hislar yig'indisidan iborat emas, chunki yuksak hislar

mazmuni, sifati, shakli bilan ajralib turadi.

Shaxsda topshiriqni bajarish bilan bog`liq javobgarlik hissi har xil ma’noda kechadi; I) tashvishlanish emotsiyasi (bir tomondan , xursandlik , ikkinchi tomondan esa qoʻrqish hissi) sifatida; 2) o 'z kuchiga, g^ayratiga, iftixoriga ishonch em otsiyasi tariqasida; 3) vazifaga jiddiy qaramaydigan tengdoshlardan g ʻazablanish emotsiyasi sifatida; 4) shart-sharoitlarni hisobga olishga befarq qarashi sifatida va hokazo. Koʻrinib turibdiki, javobgarlik hissining mohiyati ularning oddiy yig'indisidan iborat emas, balki jamoa a 'zolarining ehtiyojiga aylangan voqelikni anglashdir. Masalan, kitob o`qib lazzatlanish bilan kitobni o ʻqib tugatishdan shodlanish hissini aralashtirib yubormaslik lozim.

Psixologiya fanida yuksak hislar quyidagi turlarga ajratiladi:

Praksik hislar



Shaxsning am aliy hayotining istalgan tarmog'i, maqsadga muvofiq ongli faoliyati shaxsning ularga muayyan munosabatda boMishning muhim sohasiga aylanib qoladi.

Mehnat faoliyatida shaxs:

Mehnat shaxs hayotining negizi hisoblanib , uning mehnatga bo`lgan ijobiy emotsional munosabatlari orasida yuksak hislar muhim ahamiyatga ega. Mehnat jasorat tuygʻusi, shodlik makoni, jangovar kayfiyat manbayi, mu ­vaffaqiyat tantanasi hislaridan tashkil topgandir.

Mamlakatimizda mehnat zoʻr qoniqish, ko'tarinki his-tuygʻuni vujudga keltiradi, shuningdek, u anglashilgan ehtiyoj, farovonlik manbayidir. Xalqimiz mehnat muvaffaqiyati bilan kelajagi buyuk davlatimiz ravnaqiga hissa qoʻshadi.

Axloqiy hislar



Axloqiy hislarda shaxsning boshqa kishilarga, mehnat jamoasiga va sinfyoki kursguruhiga hamda o ʻzining ijtimoiy burchiga munosabatlari yaqqol mujassamlashadi. Inson axloqiy hislami butun vujudi bilan kechirar ekan, u albatta ijtimoiy axloq tamoyillari, me’yorlari

mezoniga asoslangan holda odamlarning xatti-harakatlarini, psixik xususiyatlarini, shaxsiy xulq-atvorini baholaydi.

Mamlakatimiz fuqarolarining yetakchi axloqiy hislaridan biri — burch hissidir. Uning asosini davlatimizning hayotiy manfaati talab qiladigan ishlarni bajarishga qat’iy undaydigan jamiyatimiz ehtiyojlarini tushunish va ularni ongli his qilish aks ettiradi. Shaxsning individual va ijtimoiy burchlari mavjud bo`lib, ishlab chiqarish, maktab, oila, yoshlar harakati manfaatlarini ichdan his etib yashashdan iboratdir.

Ona Vatanga sadoqat bilan xizmat qilishda faol namoyon bo`luvchi jonajon yurtga muhabbat hissi vatanparvarlik deb ataladi. Bu his oʻz xalqiga, o`z Vataniga, mamlakatimizning barcha millat vakillariga bo`lgan birodarlik, doʻstlik tuygʻularida aks etadi. Vatanparvarlik hissi eng muhim motiv hisoblanib, u xalqimizning jangovar va qahramonona mehnatining manbayidir.

Axloqiy hislar tarkibiga mas’uliyat, javobgarlik, fidoyilik, vijdon, adolat, ibo, iffat, or-nomus, uyalish, simpatiya, empatiya, g ʻurur, o'rtoqlik, do'stlik, mehr-muhabbat va boshqalar kiradi.

Haqiqiy muhabbat hissi shaxsning aqliy va jismoniy kuchlarini faollashtiradi, uni ijodiy yuksaklikka ko'taradi, o ʻz ichki kechinmalari olamiga berilib ketishidan asraydi, faollikka undaydi, unga ham ruhiy, ham biologik kuch quvvat bagʻishlaydi.

Intellektual hislar



Mazkur hislarda shaxsning ham haqqoniy, jonli, mantiqiy mushohadalari, ham soxta, yuzaki, ajablanarli, shubhali, goh tushunarli, goho tushunib bo`lmaydigan, ba’zida hayratda qoldiradigan flkrlarga munosabatlari ifodalanadi. Intellektual hislarga hayajonianish, ajablanish, shubhalanish, qiziqish, qiziquvchanlik, shodlik, ishtiyoqmandlik va boshqalarni kiritish mumkin. Hayajonlanish va ajablanish shaxsni bilish faoliyatining ajralmas qismidir. Ajablanish va hayajonlanish emotsiyasiga berilib ketgan shaxs o ʻzining bilish ehtiyojlarini qondirishga intiladi. Shaxsni haqiqatni izlash faoliyati shubhalanish hissi sifatida kechishi mumkin. Haqiqatni topish esa ishonch hissi bilan bir davrda amalga oshadi.

Estetik hislar



Ma’lumki, estetik hislarga ham isha tayangan axloqiy hislar o ʻz taraqqiyotini maqsadga y o ʻnaltirgan holda yuzaga keladi. Odamlar tabiatning va jamiyatning turli omillariga hamda ularning o ʻziga xos tarzda aks etishiga goʻzallik yoki xunuklik, fojiali yoki kulgili, oliyjanob yoki razil, nozik va dagʻal, xushboʻy yoki noxush, yoqimli yoki yoqimsiz hodisalar, holatlar sifatida munosabatda boladilar. Estetik hislar muayyan mezondagi baholarda, nafosat me’yorlarida ma’lum ta’b va didda roʻyobga chiqadi hamda o ʻziga xos badiiy lazzatlanish, go'zaliikni his etish holatida kechadi. Ushbu his-tuygʻular ijobiy yoki salbiylikni anglatish bilan bir-biridan ajralib turadi. Nafosat his-tuygʻulari shaxsning madaniy saviyasi, uning ong darajasi mahsuli sanaladi.

Estetik his-tuygʻularning rivojlanish, mazmundorlik koʻrsatkichi shaxsning sobiq qadamligi, uning ijtimoiy yetukligi mezoni hisoblanadi.

Psixologiyada shaxsning hodisalardan hissiy ta ’sirlanib, ularning kulgili jihatlarini payqash xususiyatiga asoslangan hazil-mutoyiba, ya’ni yumor hissi o`ziga xos estetik tuygʻu namunasi sifatida talqin etilmoqda. Lekin hazil-mutoyiba tuyg'usi uning subyektida ijobiy namuna mavjud bo ʻlishini taqozo etadi. Insonda bunday tuygʻuning past darajada shakllanganligi, demak, shaxs faziiatlari sust rivojlanganligidan dalolatdir.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Sun'iy intellekt javobi:

Yuksak hislar – inson qalbida eng pok, eng samimiy va eng kuchli his-tuyg‘ular bo‘lib, ular inson hayotida muhim o‘rin tutadi. Bu so‘z ostida odatda go‘zallik, mehr-muhabbat, hurmat, sadoqat, fidoyilik, g‘urur, xursandchilik, qadriyatlarni anglash kabi ruhiy holatlar tushuniladi. Yuksak hislar odamning ichki dunyosini boyitib, uni boshqalar bilan yanada chuqurroq va mazmunli muloqotga boshlaydi.

Yuksak hislar insonni nafaqat shaxs sifatida o‘sishga undaydi, balki uning jamiyatdagi o‘rnini ham belgilaydi. Masalan, fidoyilik va hurmat hissi insonlarni o‘z maqsadlariga intilishga ilhomlantirar ekan, ularga qiyinchiliklarga bardosh berish kuchini beradi. Muhabbat esa inson qalbining eng yuksak va go‘zal tuyg‘ularidan biri bo‘lib, u odamlar orasidagi munosabatlarni mustahkamlaydi, bir-birining qadriyatlarini tushunishga yordam beradi.

Yuksak hislarni rivojlantirish va saqlab qolish uchun odam doimo o‘z qadr-qimmatiga ishonishi, hayotdagi ezgu maqsadlarni ko‘zlash va boshqalar bilan samimiy aloqalar o‘rnatishga harakat qilishi kerak. Shu tariqa, inson nafaqat o‘z hayotini mazmunli va boy qiladi, balki boshqalarga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.

Xulosa qilib aytganda, yuksak hislar insoniylikning nanasi bo‘lib, ular hayotimizni chiroyli qiladi va bizni yaxshilik sari yetaklaydi. Har bir inson uchun bu hislarni his qilish va ularga amal qilish nihoyatda muhimdir.



Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz