Yuko Kavaguti




Yuko Kavaguti (yaponcha: 川口悠子; 1981-yil 20-noyabr, Funabashi, Chiba, Yaponiya) — Yaponiya vakili va Rossiya vakili sifatida juftlikda konkida uchish boʻyicha musobaqalarda qatnashgan figurali uchuvchi. Sherigi Aleksandr Smirnov bilan — 2010 va 2015-yillardagi Yevropa chempioni, kumush medallari sovrindori (2009, 2011), Yevropa va Jahon (2009, 2010) chempionatining bronza medali sohibi va jamoalar oʻrtasidagi jahon chempionatining kumush medallari sovrindori boʻlgan. Yuko 2015-yil, uch karra Rossiya chempioniga (2008—2010) aylangan.

Yuko Kavaguti Rossiyada xizmat koʻrsatgan sport ustasi. 2015-yil 11-noyabrda juftlik Xalqaro konkida uchish ittifoqi (ISU) reytingida 7-oʻrinni egallagan.

Faoliyati




Yaponiya vakili sifatida
Kavaguti 1999-yilda Amerika Qoʻshma Shtatlariga koʻchib oʻtdi va Aleksandr Markuntsov bilan juftlikda mashq qila boshladi. Ularga Igor Borisovich murabbiylik qildi. Bu juftlik Yaponiya uchun kurash olib borishdi. Ular Yaponiyaning ikki karra chempioni boʻlishdi. Bundan tashqari, 2001-yilda oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionatining kumush medallariga sazovor boʻlishdi. Shunday qilib, Kavaguti tarixda juflikda konkida uchish boʻyicha ISU medalini qoʻlga kiritgan birinchi yapon ayolidir.

AQSh vakili sifatida
Tamara Moskvina AQShdan Kavaguti uchun yangi sherik — Devin Patrikni taklif qildi. Bu juftlik ikki mavsum davom birga shugʻullandi va Amerika Qoʻshma Shtatlari vakili sifatida musobaqalarda qatnashdi. Juftlik 2006-yilgi AQSh chempionatida 15-oʻrinni egalladi.

Rossiya vakili sifatida
2006-yil bahorida Nikolay Velikov Kavagutini Aleksandr Smirnov bilan juftlikda konkida uchishga taklif qildi. Yangi juftlikka Kavaguti istagi bilan Moskvina murabiylik qildi. Oʻsha yili ular Rossiya kubogi turnirida uchinchi oʻrinni egallab, shov-shuv koʻtarishdi.

Kavagutii va Smirnov juftligi Rossiya chempionati va 2007-yilgi Yevropa chempionatini Kavaguchi jarohati tufayli oʻtkazib yuborgan. Oʻsha yili jahon chempionatida ular toʻqqizinchi oʻrinni egalladi.

Juftlik 2008-yilda Rossiya chempionatida gʻolib chiqdi, Yevropa chempionatida uchinchi va Jahon chempionatida toʻrtinchi oʻrinni egalladi.

2012-yilning yanvar oyi boshida Smirnov appenditsit va ichak churrasini olib tashlash uchun operatsiya qilindi. Xuddi shu sababga koʻra, juftlik Britaniyaning Sheffild shahrida boʻlib oʻtgan Yevropa chempionatini tark etishdi.

Natijalari



Rossiya vakili sifatida



(A. Smirnov bilan)

Yaponiya/AQSh vakili sifatida



(D. Patrik bilan)

Yaponiya uchun



(A. Markuntsov bilan)

Manbalar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz