YUKKA



YUKKA — piyozgullilarga mansub ko’p yillik daraxtsimon o’simliklar turkumi. Yukkaning 50 turi ma’lum. Markaziy Amerika va shimoliy Amerikaning Janub qismida yovvoyi holda o’sadi. Ipsimon Yukka turi ekiladi. Ayrim turlari 800 yilgacha yashaydi. Poyasi yog’ochsimon, balandligi 6-12 metr. Ingichka, dag’al barglar yig’indisi (rozetka) dan iborat. Gulbandi 2 metrgacha, to’pguli ro’vaksimon, gullari yirik, oq, mevasi 6 uyali chanoq, chetdan changlanadi. Tuproq tanlamaydi. Asosan, manzarali o’simlik sifatida parklarda, botanika bog’larida ekiladi. Bargidan arqon, dag’al matolar tayyorlashda ishlatiladigan tola olinadi, ayrim turlarining gullaridan salat tayyorlanadi. Yukka bahorda ildizini bo’lish orqali yoki ko’chatidan ko’paytiriladi.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Sun'iy intellekt javobi:

YUKKA — bu o‘zbek tilida ishlatiladigan so‘z bo‘lib, asosan quyidagi ma’nolarga ega bo‘lishi mumkin:

  1. Yakka so‘zining sinonimi sifatida, ya’ni bitta, yolg‘iz, yagona degan ma’nolarni ifodalaydi. Masalan, “yukka odam” — “yolg‘iz odam”.

  2. Yoki kontekstga qarab, ayrim hududlarda yoki dialektlarda boshqacha ma’noda ishlatilishi mumkin.

Agar siz “YUKKA” so‘zining boshqa ma’nosi yoki ma’lum bir kontekstdagi ishlatilishi haqida ma’lumot istasangiz, iltimos, biroz ko‘proq izoh bering. Shunda aniqroq va batafsil ma’lumot bera olaman.



Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz