Yukatan (shtat)
Yukatan — Meksikadagi shtat, Yukatan yarim orolning shim. qismida. Maydon 39,3 ming km². Aholisi 1,6 mln. kishi (2000). Maʼmuriy markazi — Merida shahri Relyefi ohaktoshlardan tuzilgan tekislik, bal. 250 m gacha boʻlgan qirlar uchraydi. Suv bilan taʼminlashda karst quduklarning ahamiyati katta. Iqlimi tropik iklim, yillik yogʻin 900 mm, janubida 1200 mm gacha. Shimolida barg toʻkuvchi tropik, janubida doim yashil moʻʼtadil nam oʻrmonlar bor. Iqtisodiyotining asosini plantatsiya xoʻjaliklari tashkil etadi. Xeneken tolasi eksport qilish uchun agava oʻstiriladi. Shuningdek, makkajoʻxori, sholi, dukkaklilar, shakarqamish, tamaki ekiladi, banan plantatsiyalari bor. Toʻqimachilik (xeneken tolasini qayta ishlash), oziq-ovqat va metallsozlik sanoati korxonalari mavjud. Turizm rivojlangan. Yu. hududida mayya xalqining koʻplab madaniy yodgorliklari saklangan.
Manbalar
uz.wikipedia.org