Yukari Kinga




Yukari Kinga (yaponcha: 近賀 ゆかり Kinga Yukari?, 1984-yil 2-mayda tug'ilgan) yapon futbol o'yinchisi. U hozirda WE Leaguening Sanfrecce Hiroshima Regina klubida himoyachi sifatida o'ynamoqda. U oldin Yaponiy ayollar milliy futbol terma jamoasida o'ynab, 2016-yil xalqaro faoliyatini yakunlamasidan turib Jahon Kubogida Olimpiada kumush medalini qo'lga kiritgan.

Jamoalardagi faoliyati



Yaponiyada 2013-yilgacha



Kinga 1984-yil 2-mayda Yokogama shahrida tug'ilgan. O'rta maktabni tugatgach, u 2003-yilda Nippon TV Beleza jamoasiga qo'shildi va u yerda hujumkor yarim himoyachi va o'ng qanot himoyachisi sifatida o'ynadi. 2003-yilgi mavsumda u Nadeshiko ligasining eng yaxshi yosh futbolchisi mukofotiga sazovor bo'ldi. Nippon TV Belezadagi faoliyati davomida klub 5 marta Nadeshiko ligasi chempionligini qo'lga kiritdi. 2011-yilda u klubdagi moliyaviy tanglik tufayli xalqaro futbolchilar Homare Sawa, Shinobu Ohno va Chiaki Minamiyama bilan INAC Kobe Leonessaga o'tdi. INAC Kobe Leonessada klub ketma-ket 3 yil (2011-2013) Nadeshiko Ligasi chempionligini qo'lga kiritdi. U ketma-ket 6 yil davomida (2007–2012) liganing eng yaxshi o'yinchisi sifatida tanlandi.

2014-yil yanvar oyida INAC bosh menejeri Kinga Angliyaning FA WSL klubi Arsenal Ladiesga qo'shilishga rozi bo'lganini ma'lum qildi va fevral oyida u rasman shartnoma imzoladi. Arsenalda Kinga klubni 2014-yilgi Ayollar kubogi finaliga chiqishga yordam berdi va ular Everton ustidan 2:0 hisobida g'alaba qozondi.

U 2015-yilning boshida INAC Kobe bilan qayta shartnoma imzoladi. 2016-yilda u Canberra United uchun Avstraliya W-ligasida o'ynay boshladi. 2017-yil oktabr oyida Kinga W-Liga chempioni Melbourne City jamoasiga qo'shildi. 2019-yil fevral oyida u Yaponiyaga qaytib keldi va Orca Kamogava FC jamoasiga qo'shildi. 2019-yil oktabr oyida Kinga Melbourne City bilan qayta shartnoma imzoladi. 2020-yil fevral oyida Kinga 2019-20 W-Liga mavsumi oxirida Orca Kamogawa bilan qayta shartnoma imzolashi e'lon qilindi.

Terma jamoadagi faoliyati



2002-yil avgust oyida Kinga Yaponiya U-20 ayollar terma jamoasi tomonidan 2002-yilgi FIFA U-19 ayollar o'rtasidagi jahon chempionati uchun tanlangan. 2005-yil 29-martda u Yaponiya ayollar terma jamoasida Avstraliyaga qarshi debyut qildi. U 2007-yilga qadar hujumkor yarim himoyachi va o'ng qanot himoyachisi sifatida o'ynagan, shundan so'ng u murabbiy Hiroshi Ohashi tomonidan o'ng qanot himoyachisiga aylantirilgan. U o'z pozitsiyasini o'zgartirgandan so'ng, Yaponiya terma jamoasining doimiy o'yinchisiga aylandi. Yaponiya 2011-yilgi Jahon kubogida g'olib chiqdi, unda Kinga finalda o'ynadi, 2015-yilgi Jahon chempionatida ikkinchi bo'ldi va 2012-yilgi Yozgi Olimpiya o'yinlarida kumush medalni qo'lga kiritdi. U Yaponiya terma jamoasi safida 2016-yilda faoliyatini yakunlangunga qadar 100 ta o‘yin o‘tkazdi va 5 ta gol urdi.

Klub statistikasi




Yutuqlar



Xalqaro karyera



Japan

Klub



Nippon TV Beleza[13][14]

INAC Kobe[15][16]

Nippon TV Beleza[18][19]

INAC Kobe[20][21]

Nippon TV Beleza[22]

INAC Kobe[23]

Arsenal [24]

Individual




Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz