Yuika Sugasawa




Yuika Sugasawa (yaponcha: 菅澤 優衣香 Sugasawa Yuika?, 1990-yil 5-oktabrda tavallud topgan) yaponiyalik professional ayol futbolchi. U Yaponidagi Oliy Liga jamoasi hisoblangan Urawa Reds va Yaponiya milliy ayollar terma jamoasida asosiy hujumchi sifatida oʻynaydi.

Oʻyin faoliyati



Sugasawa 1990-yil 5-oktyabrda Chiba shahrida tugʻilgan. U 2008-yilda Fukusima JFA Akademiyasidan Albirex Niigata kompaniyasining jamoasiga qoʻshilgan. 2013-yilda u oʻzining mahalliy klubi JEF United Chibaga koʻchib oʻtdi. U 2014 va 2015-yillarda eng yaxshi toʻpurarga aylandi. 2017-yilda u Urawa Redsga koʻchib oʻtdi. U 3 marta (2014, 2015 va 2017) „Eng yaxshi oʻn bir futbolchidan biri“ deb tan olingan.

Terma jamoadagi faoliyati



2010-yil 13-yanvarda Sugasawa Yaponiya terma jamoasi safida Daniyaga qarshi debyut qildi. Iyul oyida u 2010-yil U-20 Jahon chempionati uchun Yaponiya U-20 terma jamoasiga saylandi va u 2 ta oʻyin oʻtkazdi. Keyin u 2012-yil 2-mart kuni Daniya ustidan 2:0 hisobida gʻalaba qozonib, 2012-yilda Algarve kubogini qoʻlga kiritgan Yaponiya katta jamoasi uchun birinchi golni kiritdi. 2015-yilgi jahon chempionatida Yaponiya terma jamoasi aʼzosi boʻlgan va Yaponiya 2-oʻrinni egallagan. Osiyo mintaqasida har ikki yilda bir bor oʻtkaziladigan Osiyo Kubogining 2014 va 2018-yilgi turnirlarida ham ishtirok etgan. Yaponiya har ikki turnirda ham chempionlikni qoʻlga kiritdi. U Yaponiya terma jamoasi safida 60ta oʻyin oʻtkazib, 17ta gol urgan.

Klub statistikasi



2022-yil 12-yanvar holati

Milliy terma jamoalar statistikasi



2022-yil 12-yanvar holati

Yutuqlari




Ikkinchi oʻrin: 2015-yil

Chempion: 2014, 2018

Oltin medal: 2018-yil
Kumush medal: 2014-yil

Eng yaxshi toʻpurarlar: 2014, 2015
Eng yaxshi oʻn bir: 2014, 2015

Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz