Yugantepa




Yugantepa  — Toshkent shahrining Yangiyoʻl janubida, Niyozboshi qishlogʻi shimoli-sharqida joylashgan 4-13-asrlar boshiga mansub xaroba holiga kelib qolgan yodgorlik. 1934-yilda dastlab G.V.Grigoryev tomonidan qayd etilgan. Keyinchalik Toshkent viloyati oʻlkashunoslik muzeyi (1953-1954), Y.F.Buryakov (1967-1970) tomonidan oʻrganib chiqilgan. Dastlab Yugantepa hududida (Qovunchi II davrida) istehkom qurilgan boʻlgan, uning atrofida 6-7-asrlarga kelib atorfi devor bilan oʻralmagan yirik qishloq vujudga kelgan. Arab istilosi davrida vayron boʻlgan, keyinchalik 9-10-asrlarga kelib atrofi mustahkam devor bilan oʻrab qaytda tiklangan, markaziy koʻchalar boʻylab turar joy, xunarmandchilik (kulolchilik, xumdonlar, temirchilik) ustaxonalari joylashgan. 20 gektar umumiy maydonga ega Yugantepada 12-13-asrlar boshida hayot ravnaq topgan, lekin vaqtlar oʻtib mogʻullar bosqini tufayli vayrona holatiga kelib qolgan.

Manbalar




uz.wikipedia.org

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz