YUG
YUG — Rossiya Federatsiyasining Yevropa qismidagi daryo, Vologda va Kirov viloyatlari hududida. Shimoliy Dvina daryosining o’ng bosh irmog’i. Uzunligi 574 kilometr, havzasining maydoni 35,6 ming kilometr kvadrat. Yuqori qismida tor va chuqur vodiyda, serostona va sayoz joylari ko’p o’zanda oqadi. Quyi qismida daryoning vodiysi va o’zani ancha keng. Yug, asosan, qor va qisman yomg’ir suvlaridan to’yinadi. O’rtacha yillik suv sarfi 306 m3/sek. Noyabr boshlaridan aprel oxirlarigacha muzlaydi. Yog’och oqiziladi. Quyi qismida kema qatnaydi. Asosiy irmoqlari — Kichmenga va Luza.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Uzpedia.uz