Yuetsin




Yuetsin (xit. míi , pinyin Yuèqín — Xitoyning anʼanaviy torli cholgʻu asbobi boʻlib, undan nafaqat mustaqil, balki Pekin operasi va raqs qoʻshiqlariga joʻr asbob sifatida ham foydalanishadi. Shuningdek, ushbu cholgʻu asbobiga nisbatan Oy udi , Oy gitarasi , Xiyot udi nomlari ham qoʻllaniladi.

Tarixi




Maʼlumotlarga koʻra, yuetsin Sin sulolasi davrida, taxminan 3-5-asrlarda ruan musiqiy asbobi asosida yaratilgan.

Tavsif



Yuetsinning umumiy uzunligi odatda 45 santimetrdan 70 santimetrgacha, yumshoq navli yogʻochdan (aksariyat holatlarda firmianadan) yasalgan dumaloq, sakkizburchak yoki olti burchakli qopqoq diametri — 30 santimetr atrofida boʻladi. Toʻrtta quloq kalta grifga biriktirilgan boʻlib, qopqoqning boʻyin va yuqori qismida 8 ta dan 12 tagacha parda joylashgan.

Odatda ikki juft tor ipakdan tayyorlangan; ayni vaqtda ularni neylon bilan oʻrab chiqilgan poʻlatdan yasashadi.

Yuetsin mustaqil cholgʻu asbobi sifatida ham, joʻr asbob oʻrnida ham ishlatiladi. Yuetsin Szinghu va Szinerxu bilan bir qatorda Pekin operasidagi uchta asosiy musiqa asbobidan biri deb tan olinadi. Pekin operasi orkestri tarkibida yuetsindan tashqari chertib chalinadigan cholgʻu asboblaridan pipa va sansyan ham boʻlishi mumkin.

Kuy ijro etish davomida yuetsin qiyaroq qilib ushlab turiladi, chap qoʻl udni tutadi va torlarni siqadi, oʻng qoʻlning koʻrsatkich barmogʻi yoki bambuk, suyak, buqa shoxidan tayyorlanadigan. noxin bilan chalinadi.

Manbalar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz