Yubkalarni konstruktiv loyihalash
Yubkalarni konstruktiv loyihalash - ayollar yubkasini yangi modelini ishlab chiqishda asosiy e`tibor bel vitochkasini ko`chirishga, old va ort bo`laklarni kengaytirishga (yoki toraytirishga), shu detallarning uzunligini va prporsiyasini o`zgartirishga qaratiladi.
Yubka shim - fasonlarini tanlashda gazlamalarning xususiyatiga, kiyimning vazifasiga, mavsumiga va albatta odam gavdasiga e`tibor berish kerak.Yon choki kesmali yubka, old yoki ort bo`laklari taxlamali yubka andazasi to`g`ri yubkaning konstruksiyasi asosida tuziladi.
Bo`laklardan iborat yubka - bo`laklardan iborat yubka konstruksiyasining asosi yubka bo`lagidir. Bunday yubka konstruksiyasini tuzish uchun yubka qancha bo`lakdan iborat bo`lishini, bel aylanasini-BlA, bo`ksa aylanasini –BkA va yubka uzunligini bilish kerak.
Etak tomoni kengaytirilgan yubka -yubkaning etak tomoni beldagi vitachkalarni etak chizig`iga ko`chirish, taxlamalar xosil qilish, gode singari juda ko`p usullar bilan kengaytiriladi.
Fantazi yubka - «Fantazi» yubkalarda turli simmetrik, asimmetik drapirovkalar, kirkmalar, burmalar bo`ladi; shuningdek ular ko`p qavatli va boshqacha xam bo`lishi mumkin.
uz.wikipedia.org