Yî-set-lie̍t
Isroil (ivritcha: יִשְׂרָאֵל, arabcha: إسرائيل) — Yaqin Sharq oʻlkasida, Osiyoning gʻarbiy qismida, Oʻrta dengizning janubi-sharqiy boʻyida joylashgan davlat. Asosiy va rasmiy maydoni 20 770 km. Aholisi soni 2016-yilgi maʼlumotlarga koʻra 8 522 000 kishi. Poytaxti — Tel-Aviv. Asosiy iqtisodiy, siyosiy va madaniy markazi — Iyerusalim va Tel-Aviv. Rasmiy tillari — ivrit va arabcha.
Davlat tuzumi
Isroil — respublika. Mamlakatda yagona konstitutsiya yoʻq. Uning oʻrnini bosuvchi bir qancha qonunlar bor. Eng muhimlari: Qonun chiqaruvchi va ijrochi idoralarni tashkil etish toʻgʻrisida 1948-yilgi Qonun va Maʼmuriy farmon, 1949-yilgi Muvaqqat qonun, Qaytib kelish toʻgʻrisida 1950-yilgi Qonun, Fuqarolik haqida 1952-yilgi Qonun, Knesset toʻgʻrisida 1958-yilgi Asosiy qonun va boshqalar.
1947-yil 29-noyabrda BMT Bosh Assambleyasi koʻpchilik ovoz bilan (33 va 13) Falastinni ikki davlatga boʻlish toʻgʻrisida qaror qabul qildi.
Davlat boshligʻi — prezident (2021-yildan Isaak Herzog), u knesset (bir palatali parlament) tomonidan 7 yil muddatga saylanadi, ikkinchi muddatga qayta saylanish huquqiga ega emas. Qonun chiqaruvchi hokimiyat — knesset, uning 120 deputati umumiy toʻgʻri yashirin ovoz berish yoʻli bilan 4 yil muddatga saylanadi. Ijroiya hokimiyatni hukumat amalga oshiradi, hukumat knesset tomonidan tasdiqlanadi.
Tabiati
Isroilning dengiz boʻyi qismi kambar pasttekislik, sharqiy qismi balandligi 500–1000 metrli plato boʻlib, uning sharqiy chekkasi tor, chuqur Hor botigʻiga tik tushgan. Xula va Tiveriad koʻllari, oʻlik dengiz, janubda Negev choʻli bor. Fosforit, toshtuz, marmar, mis, temir rudasi, neft, gaz konlari topilgan.
Iqlimi subtropik, janubda va soyliklarda chala choʻl va choʻl iqlimi. Yozi issiq (24–36°), qishi iliq (6–18°). Yillik yogʻin 100–800 mm. Shimoli-sharqidan Iordan daryosining yuqori qismi oʻtadi. Daryo suvidan sugʻorishda foydalaniladi. Tuprogʻi qoʻngʻir, togʻ boʻz-qoʻngʻir, boʻz, janubdagi choʻllarda boʻz-qoʻngʻir. Togʻlarda makvis, gariga, doim yashil eman, qaragʻay va boshqalar usadi. Sirtlon, chiyaboʻri, daman, kemiruvchi va sudralib yuruvchilar koʻp. Qushlarning choʻl va dashtga xos turlari uchraydi.
Aholisining 82%i yahudiylar, 16%i arablar, qolgan qismi armanlar, druzlar. Isroil yahudiylarining yarmidan koʻprogʻi boshqa mamlakatlardan kelgan muhojirlardir. Rasmiy til — ivrit va arab tillari. Koʻpchilik aholi yahudiylik, qolganlari musulmon va xristian dinida. Aholining 90%i shahar va shaharchalarda yashaydi. Yirik shaharlari: Tel-Aviv, Xayfo, Quddus (gʻarbiy qismi), Ramat-Gan.
Tarixi
Gominidlarning Afrika qit'asini tark etib, qadimgi Levant hududiga ko'chib kelishi 1.5 million yil oldinga borib taqaladi. Miloddan avvalgi 10 mingyillikda Janubiy Levantda Natuf madaniyati yuzaga kelgan bo'lsa, miloddan avvalgi 4500-yillarda Gxassul madaniyati yuzaga kelgan.
Bronza va Temir davrlari
Kanʼonliklarning kelib chiqishi O'rta Bronza davriga (m.av. 2100-1550-yillar) borib taqaladi. Bronza davri yakunida Kan'on hududining katta qismida Qadimgi Misrdagi Yangi podsholikka o'lpon to'lovchi vassal-davlatlar mavjud bo'lgan. Bronza davri yakunidagi inqirozlar oqibatida Kan'onni tartibsizliklar qamrab oldi va misrliklarning hudud ustidan nazorati butkul qo'ldan chiqdi. Hududdagi Hazor, Beit She'an, Megiddo, Ekron, Ashdod va Ashkelon kabi aholi punktlari vayron bo'lgan yoki zarar ko'rgan.
Isroil nomli xalq haqidagi dastlabki ma'lumotlar tahminan miloddan avvalgi 1200-yillarga borib taqaluvchi Merneptah Stele nomli Qadimgi Misr toshbitigida yozilgan. Isroilliklar ajdodlari ushbu hududlarda yashagan somiy tillarida so'zlashuvchi xalqlar bo'lgani haqida ma'lumot bor. Zamonaviy arxeologik kuzatuvlarga ko'ra, Isroilliklar va ularning madaniyati Kan'onliklar va ularning madaniyatidan ajralib, tobora Yahvega asoslanuvchi avvaliga monolatristik, keyinchalik monoteistik din va madaniyat shakllana boshlaydi. Ushbu xalq Bibliyaviy ivrit deb ataluvchi ivrit tilida so'zlashgan. Tahminan shu davrda filistimliklar janubdagi qirg'oqbo'yi tekisliklariga o'rnashishgan.
Zamonaviy arxeologik topilmalar Tavrotda keltirilgan otalar, Chiqish va Joshua kitobidagi istilo haqidagi fikrlarning tarixiy asosga ega emasligini ko'rsatib, ularni Isroil davlatining milliy afsonalari qatoriga qo'shilishiga sabab bo'ldi. Biroq, ushbu an'analarning ba'zi elementlari tarixiy asoslarga egadir.
Qadimgi Isroil va Yahudiy podsholiklarining ko'lami va qudrati borasida turli bahs-munozaralar mavjud. Birlashgan Isroil podsholigi mavjudligi aniq bo'lmasada, miloddan avvalgi 900-yillar atrofiga kelib shimolda Isroil podsholigi, m.av. 850-yillar atrofiga kelib esa Yahudiy podsholigi yuzaga keladi. Ikki podsholik orasida Isroil podsholigi badavlatroq bo'lib, tezda mintaqaviy qudratli davlatga aylanadi. Omridlar sulolasi davrida podsholik Samariya, Galileya, Iordan vodiysi yuqori qismi, Sharon va Transiordaniyaning katta qismlari ustidan nazorat o'rnatgan. Poytaxt Samariyada Temir davri Levant mintaqasidagi eng yirik inshootlar barpo etilgan.
Tahminan m.av. 720-yillarda Isroil podsholigi Yangi Ossuriya podsholigi tomonidan istilo etiladi va barham topadi. Iyerusalimni poytaxt qilgan Yahudiy podsholigi esa avvaliga Yangi Ossuriya podsholigiga, keyinchalik Yangi Bobil imperiyasiga qaram davlatga aylanadi. Temir davrida mintaqada 400 000 kishi yashagani haqida ma'lumotlar mavjud. M.av. 587/6-yilda Iuda qo'zg'olonidan keyin podsho Navuxodonosor II Iyerusalimni qamal qilgan, Sulaymon ibodatxonasini vayron qilgan, podsholikni tugatib, Yahudiya zodagonlarining katta qismini Bobilga surgun qilgan. Aynan shu davrdan yahudiy xalqining Bobildagi tutqunligi davri boshlanadi. Yahudiyaning ushbu mag'lubiyati Bobil solnomalarida ham qayd etilgan. Miloddan avvalgi 539-yilda Bobilni zabt etgan Ahamoniylar davlati asoschisi Kir II quvg'inga uchragan Yahudiya aholisini o'z vatanlariga qaytishlariga ruxsat beruvchi farmon e'lon qiladi. O'z vataniga qaytgan yahudiy aholisiga o'z-o'zini boshqarish va ibodatxona qurish huquqi beriladi.
Antik davr
Ikkinchi ibodatxona m.av. 520-yilda qurib bitkaziladi. Forslar hududni Yehud viloyati sifatida boshqarishadi va viloyat aholisi miloddan avvalgi V va IV asrlarda tahminan 30 000 kishini tashkil qiladi.
Miloddan avvalgi 332-yilda Aleksandr o'zining Ahamoniylar davlatiga qarshi yurishi davomida hududni istilo qiladi. Uning o'limidan keyin hudud Ptolemeylar va Salavkiylar sulolalari tomonidan Kelesuriya hududining bir qismi sifatida boshqariladi. Keyingi asrlarda hududda olib borilgan ellinlashtirish siyosati oqibatida kelib chiqqan ijtimoiy-madaniy nizolar Salavkiylar podshohi Antiox IV davrida o'z cho'qqisiga chiqdi va m.av. 167-yilda Makkabiylar qo'zg'oloni sodir bo'ldi. Hududdagi tartibsizliklar Salavkiylar hokimiyatini kuchsizlantirdi va miloddan avvalgi II asr oxirida yarim mustaqil Yahudiy-Hasmoniylar podsholigi vujudga keldi. Podsholik oxir-oqibatda to'la mustaqillikka erishdi va qo'shni hududlarni ham o'ziga qo'shib oldi.
Rim Respublikasi hududni miloddan avvalgi 63-yilda istilo qilib, dastlab Suriya ustidan nazorat o'rnatadi va keyinchalik Hasmoniy fuqarolar urushiga aralashadi. Yahudiyadagi Rim Respublikasi va Parfiya tarafdorlari orasidagi kurashlar oxir-oqibatda Herodning Rim Respublikasi vassali sifatida Yahudiy podshosi rutbasiga ko'tarilishiga sabab bo'ladi. Milodiy 6-yilda hudud rimliklar tomonidan to'la-to'kis anneksiya qilinib, Judaea provinsiyasiga aylantiriladi va bu oxir-oqibatda katta vayronagarchiliklar keltirgan Rim-Yahudiya urushlariga sabab bo'ladi. Milodiy 66–73-yillarda sodir bo'lgan Birinchi Rim-Yahudiya urushi oqibatida Iyerusalim va Ikkinchi Ibodatxona vayron etiladi, aholining sezilarli qismi esa halok bo'ladi, yoki ko'chirib yuboriladi.
Yahudiylarning Rim Respublikasiga qarshi ikkinchi qo'zg'oloni Bar Koxba qo'zg'oloni deb nomlanib, u 132–136-yillarda sodir bo'ladi. Dastlabki muvaffaqiyatdan ruhlangan yahudiylar Yahudiyada mustaqil davlat tuzishadi, biroq rimliklar katta qo'shin to'plab qo'zg'olonni shafqatsizlik bilan bostiradi va Yahudiya hududi aholisi qirg'in qilinadi. Iyerusalim Aelia Capitolina nomi ostida Rim koloniyasi sifatida qayta quriladi, Yahudiya provinsiyasi nomi esa Syria Palaestina deb o'zgartiriladi. Iyerusalim hududi atrofida yashovchi yahudiylar o'z uylaridan quvib chiqariladi va butun imperiya bo'ylab sochilib ketadi. Biroq, quvg'inlarga qaramasdan, hududda muntazam ravishda yahudiylar istiqomat qilgan va Galileya yahudiylarning hududdagi diniy markaziga aylangan. Shuningdek, yahudiy jamoalari Hebron tepaliklari janubida va qirg'oqbo'yi tekisliklarida istiqomat qilishgan.
O'rta asrlar
Imperator Konstantin davrida keng tarqalgan Xristianlik dini Yahudiyada oldindan mavjud bo'lgan Rim ma'jusiyligi o'rnini egallay boshladi. IV asrda Konstantinning Xristian diniga o'tishi bilan Yahudiylar uchun vaziyat "yanada murakkablashdi". Yahudiylar va yahudiylik dinini ta'qiqlovchi bir qancha qonunlar qabul qilindi va yahudiylar Cherkov va hokimiyat vakillarining ta’qibiga duchor boʻldi. Koʻplab yahudiylar oʻzga mamlakatlarda shakllangan va tobora rivojlanayotgan diasporalarga ko'chib ketishdi va Isroil hududiga esa Xristianlarning ko'chib kelishi va aholining Xristian diniga o'tishi davom etdi. V asr o'rtalariga kelib aholi sonida xristianlar koʻpchilikni tashkil qila boshladi. V asr oxiriga kelib Samariylar qo'zg'oloni boshlandi va samariylar aholi sonining keskin qisqarishiga olib kelgan ushbu qo'zg'olon VI asrga qadar davom etdi. Iyerusalimning Sosoniylar tomonidan zabt etilishi va 614-yildagi Herakleiosga qarshi qo'zg'olondan so'ng yana hudud 628-yilda Vizantiya imperiyasi nazorati ostiga o'tdi.
634–641-yillar oralig'ida Rashidun xalifaligi Levantni istilo qildi. Keyingi olti asr davomida hudud Umaviylar, Abbosiylar, Fotimiylar xalifaliklari, undan keyin Saljuqlar va Ayyubiylar sulolalari qo'lida talash bo'ldi. Ushbu asrlar davomida hudud aholisi keskin qisqarib, Rim va Vizantiya davridagi 1 million kishidan Usmonlilar hokimiyati boshlanishiga kelib tahminan 300 000 ga tushib qoldi. Aholi soni qisqarishi bilan bir qatorda hududda muntazam ravishda mahalliy aholining ko'chirib yuborilishi, musulmonlarning ko'chib kelishi, arablashuv, islomiylashuv va aholining Islomga o'tishi sodir bo'ldi. XI asr oxirida Salib yurishlari va Papa yo'riqnomasi asosida hududga xristianlarning kirib kelishi, shuningdek Iyerusalim hamda Muqaddas zaminni musulmonlardan tortib olib, Salibchi davlatlar shakllanishi sodir bo'ldi. Ayyubiylar bosqinchi salibchilarga qarshi kurashni boshladi va 1291-yilga kelib Misrdagi mamluklar davlati hudud ustidan to'la nazorat o'rmatdi.
Yangi davr
Isroil davlati BMT Bosh Assambleyasining 1947-yil 29-noyabr qarori asosida tashkil topgan (1948-yil 14-may). Qarorga koʻra, Buyuk Britaniya mandatidagi Falastin mustaqil deb eʼlon qilindi; uning hududi arab va yahudiy mustaqil davlatlariga boʻlindi, har ikki davlat demokratik konstitutsiyaga ega boʻlishi lozim edi. Yahudiy davlatining hududi 14,1 ming km, aholisi 498 ming yahudiy va 497 ming arab (shundan 90 mingi badaviy) deb belgilandi. Quddus BMT boshqaruvidagi mustaqil maʼmuriy birlik deb ajratildi. Arab-Isroil urushi (1948–1949) davrida Isroil Falastin arab davlati uchun 1 Falastin hududi (Iordan daryosining Gʻarbiy sohili) va Gʻazza ajratilgan hududning 4/5 qismini, Quddusning gʻarbiy qismini bosib oldi va Quddusni Isroil poytaxti deb eʼlon qildi. Isroil bosib olgan hududdan taxminan 1 million arab quvgʻin qilindi.
1956-yil Isroil, Buyuk Britaniya va Fransiyaning Misrga, 1958-yil AQSH bilan Buyuk Britaniyaning Livan va Iorda-niyaga qarshi agressiyalarida qatnashdi. Isroil Iordan daryosi suvining bir kismini oʻz tomoniga burib yubordi (1964-yil iyun). 1967-yil 2-iyunda tuzilgan hukumat „Buyuk Isroil“ davlatini barpo etish rejasini amalga oshirishga kirishdi. 1967-yil 5-iyunda Isroil arab davlatlariga qarshi yana agressiya boshladi. BMT Xavfsizlik Kengashi oʻzining 1967-yil 5–9-iyundagi majlisida Isroildan harbiy harakatlarni darhol toʻxtatishni talab qildi, ammo Isroil agressiyani davom ettira-verdi. Taraqqiyparvar kuchlarning talabi va Xavfsizlik Kengashining qaroriga muvofiq (1967-yil 10-iyulda) Isroil oʻq otishni toʻxtashishga majbur boʻldi, ammo bosib olgan arab xududlaridan oʻz armiyasini olib ketishdan bosh tortdi. 1967-yil 22-noyabrda Xavfsizlik Kengashi Yaqin Sharqdagi tan-glikni siyosiy yoʻl bilan bartaraf etish toʻgʻrisida qaror qabul qildi. Ammo Isroil bu qarorni mensimadi. Bosib olingan hududlarda harbiylashtirilgan yahudiy qishlokdari qurildi. 1973-yil kuzidagi arab-isroil urushida Isroil armiyasi va texnikasi katta talafot koʻrish evaziga koʻpgina yerlarni bosib oldi. 1974 va 1975-yillarda Isroil Misr bilan, 1974-yilda Suriya bilan tuzgan bitimlarga binoan qoʻshinlar bir-biridan yiroqlashtirildi, ular oʻrtasida bufer mintaqa hosil qilindi, bu yerga BMT qoʻshinlari joylashtirildi. 1979-yilgi Isroil-Misr sulh shartnomasiga muvofiq, Isroil oʻz qoʻshinlarini Sinay yarimoroldan olib ketdi va 1982-yilda yarim orolni Misrga kaytarib berdi. 1993-yilda Isroil bilan Falastin Ozodlik tashkiloti bir-birlarini tan olish hamda Gʻazza mintaqasi va Iyerixon shahri atrofida Muvaqqat Falastin muxtoriyati toʻgʻrisida bitim tuzdilar. 1998-yil oktabrdagi Isroil-Falastin shartnomasida Isroil arablardan bosib olgan yerlarining bir qismini kaytarib berishi koʻzda tutilgan. Ammo Isroil - Falastin mojarosini bartaraf etish mushkul masalaligicha qolayotir.
Isroil — 1949-yildan BMT aʼzosi. OʻzR suverenitetini 1991-yil 25-dekabrda tan oldi va 1992-yilda diplomatiya munosabatlari oʻrnatdi. Milliy bayrami — Mustaqillik kuni (1948) — Yahudiylar taqvimiga koʻra, bu bayram har yili har xil kunda kelishi mumkin (2001-yilda 26-aprelga toʻgʻri keldi).
Asosiy siyosiy partiyalari, kasaba uyushmalari. „Avoda“ („Mehnat“) sotsialistik partiyasi, 1968-yilda tuzilgan; „Likud“ („Ittifoq“) partiyasi, 1973-yilda tashkil etilgan; SHAS diniy partiyasi, 1984-yilda tuzilgan; „Mafdal“ milliy-diniy partiyasi, 1956-yilda tashkil etilgan; Arab demokratik partiyasi, 1988-yilda tuzilgan; „Isra-el ba-Aliya“ („Isroil yuksalishda“) partiyasi, 1996-yilda asos solingan. I. umumiy mehnat federatsiyasi kasaba uyushmasi 1920-yilda tashkil etilgan.
Iqtisodiyoti
Sanoati
IIsroil iqtisodiyotidaharbiy sanoat asosiy oʻrinni egallaydi, u tash-qi moliyaviy manbalarga, ayniqsa AQSH va Yevropa Ittifoqi yordamiga juda karam. I. sanoati ilmfan yutuqlariga asoslangan tarmoklar — tibbiy elektronika, aloqa vositalari, kompyuterlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Metall ishlash, mashinasozlik (jumladan, samolyotsozlik, kemasozlik, ayniqsa ularning harbiy turlari), elektrotexnika, elektronika, kimyo sanoati, olmosni qayta ishlash ham rivojlangan. Yengil sanoatning toʻqimachilik, tikuvchilik, koʻnchilik kabi tarmoklari mavjud. Oziq-ovqat, yogʻochsozlik, neftni qayta ishlash, binokorlik materiallari sanoati rivoj topgan. Bir oz miqdorda kaliy va tosh-tuz, mis va temir rudalar, neft qazib olinadi. Energetika, asosan, chetdan keltirilgan xom ashyo negiziga qurilgan. Asosiy sanoat markazlari — Tel-Aviv, Xayfo.
Xoʻjaligi
Isroil — rivojlangan industrial-agrar mamlakat. Yalpi ichki mahsulotda sanoatning ulushi 21%, qishloq xoʻjaligi ulushi 3%ni tashkil etadi.
Qishloq xoʻjaligi
Ekinzorlarning aksar qismi davlatga va Yahudiy milliy jamgʻarmasiga qarashli boʻlib, bu yerlar kibutsa, moshava deb atalgan qishloq xoʻjaligi shirkatlariga ijaraga beriladi. Yer maydonlarining 20% dan koʻprogʻi ishlanadi, uning 40% dan ortigʻi sugʻoriladi. Qishloq xoʻjaligining asosiy tarmogʻi — dehqonchilik. Eksport uchun, asosan, sitrus mevalar yetishtiriladi (yiliga 1,5 million tonna), bular boshqa mevalar bilan birga qishloq xoʻjaligi mahsuloti asosiy qiymatining 30% ni tashkil etadi. Ichki ehtiyoj uchun bugʻdoy, kartoshka, sabzavot, texnika ekinlaridan paxta, qand lavlagi, zaytun va boshqalar ekiladi. Bogʻdorchilik, tokchilik, gulchilik bilan ham shugʻullaniladi. Chorvachiligida qoramol, qoʻy va echki, shuningdek, parranda boqiladi. Baliqchilik qam rivojlangan. Qishloq xoʻjaligi mamlakat ehtiyojlarini qondirmaydi.
Transporti
Asosan, avtomobil transporti rivojlangan, avtomobil yoʻllarining uz. — 13 ming km. Temir yoʻl uzunligi — 890 km. Dengiz savdo floti muhim oʻrin tutadi. Dengiz portlari: Xay-fo, Ashdod, Eylat. Tel-Aviv yaqinida xalqaro aeroport bor. Bir necha neft quvurlari boʻlib, ular orqali Qizil dengiz sohilidan Oʻrta dengiz portlariga neft oqiziladi.
Isroil chetga qishloq xoʻjaligi va mashinasozlik mahsulotlari, tarashlangan olmos, maʼdanli oʻgʻit, kimyoviy moddalar, qurol-yarogʻ chiqaradi. Chetdan mashina va asbobus-kuna, tarashlanmagan olmos, neft, kimyoviy mahsulotlar, transport vositalari oladi. Savdo-sotiqdagi asosiy mijozlari: AQSH, Buyuk Britaniya, Germaniya. Pul birligi — shekel.
Tibbiy xizmati
Aholi sogʻligʻini saqlash yuqori darajada. Davlat tibbiyot muassasalari bilan birga xususiy shifoxonalar ham bor. Vrachlar uch oliy oʻquv yurtining tibbiyot fakultetlarida tayyorlanadi.
Maorifi, ilmiy va madaniy-maʼrifiy muassasalari
Isroilda yahudiylar va arablar uchun alohida-alohida maktablar bor. Davlat maktablaridan tashqari xususiy oʻquv yurtlari ham boʻlib, ularning bir qismi diniy tashkilotlar mablagʻi hisobiga ishlaydi. 1969-yildan 5 yoshdan 15 yoshgacha boʻlgan bolalar uchun 10 yillik majburiy taʼlim joriy etilgan. Boshlangʻich maktabda oʻqish muddati — 6 yil Oʻrta maktab — 6 yillik (3 yillik quyi va 3 yillik yuqori maktab). Isroilda 5 universitet va 17 institut bor. Eng yiriklari: Quddusdagi yahudiy universiteti (1918), Tel-Aviv universiteti (1953), Xay-fodagi universitet va Texnologiya instituti („Texnikoy“, 1912). Isroil Tabiiy va ijtimoiy Fanlar akademiyasi (1961) ishlaydi. Yirik kutubxonalari: Yahudiy milliy kutubxonasi, universitetlarning kutubxonalari. Isroil davlat arxivi bor. Muzeylari: Isroil milliy muzeyi (1965), Tiberiasdagi munitsipal osori atiqa muzeyi, Tel-Avivdagi Gaarets muzeyi, Xayfodagi zamonaviy sanʼat muzeyi va hokazo
Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi
Isroilda 400 dan ortiq gazeta va jurnal nashr etiladi. Yiriklari: „Gaa-rets“ („Mamlakat“, kundalik gazeta, 1918-yildan), „Gamodiya“ („Xabarchi“, kundalik gazeta, 1950-yildan), „Gatsofe“ („Sharhchi“, kundalik gazeta, 1938-yildan), „Yediot axronot“ („Soʻnggi yangiliklar“, kundalik kechki gazeta, 1939-yildan), „Ma-ariv“ („Oqshom“, kundalik kechki gazeta, 1948-yildan). Ivrit tilida chiqadigan yuqoridagi gaz.lardan tashqari ingliz tilida kundalik „Djeruzalem post“ („Quddus pochtasi“, 1932-yildan) va arab tilida „Al-Ittihod“ („Ittifoq“, 1944-yildan) gazetalari nashr etiladi. Quddusda Isroil telegraf agentligi va Tel-Avivda Isroil axborot agentligi ishlaydi. Isroil radioeshittirish boshqarmasi hukumat xizmati boʻlib, radio va televideniyeni boshqaradi, 1948-yilda tuzilgan.
Adabiyoti qadimgi Sharq adabiyotida va qadimgi yahudiy adabiyoti alohida oʻrin tutadi. U butun Yevropa va Sharq madaniyati taraqqiyotiga katta taʼsir koʻrsatgan. Qadimgi yaxudiy adabiyoti deganda, birinchi navbatda, Bibliya tushuniladi. Yahudiy adabiyoti keyingi asrlarda, asosan, ivrit tilida rivojlangan. Ayrim yozuvchilar (yil Agnon, A. Shlyon-skiy, L. Goldberg, X. Byalik va boshqalar) Isroil tashkil topishidan ancha avval Falastinga koʻchib kelgan va 1948-yildan keyin ham ijodini davom ettirgan. Ayniqsa, Nobel mukofoti laureati (1966) Yosef Agnon hikoyalari haqqoniyligi va chuqur psixologizmi bilan eʼtiborni tortadi. 50-yillarda Falastinda oʻsib voyaga yetgan adiblar guruhi — Ye. Map, Ye. Amixay, T. Rivner, S. Izhar va b. adabiyotga kirib keldi. Ular oʻz asarlarida ijtimoiy muam-molarni oʻrtaga qoʻydilar. 60-yillarda Gʻarbiy Yevropa modernizmi va ekzistensializm falsafasi taʼsiri kuchaydi. Ilgor yozuvchilardan M. Avi-Shaul, A. Pen, X. Kadmon, A. Kenan, D. Ben-Amots, E. BenEzer va b. yahudiy-arab munosabatlari muammolarini, rasmiy ekstremistik siyosatdan norozilik kayfiyatlarini aks ettirdilar. Ivrit tilida ijod qiluvchi koʻpgina yozuvchilar idish tilida ham asarlar yarata boshladi. Isroil Zrubavel, M. Man, I. Papernikov, P. Binetskiy va boshqa idish tilidagi adabiyot namoyandalaridir. Arab tilida kalam tebratuvchi shoirlar — Tavfiq Ziyod, Xanna Abu Xon, Solih al-Qosim, hikoyanavislar — Emil Habibiy, Muhammad Ali Taxiy va boshqa mamlakatdagi arab aholisi kamsitilishiga qarshi norozilikni asosiy mavzu qilib olganlar.
Meʼmorligi va tasviriy sanʼati
Isroil hududida turli tarixiy davrlarga mansub koʻpgina meʼmorlik va sanʼat yodgorliklari sakdanib qolgan. Galileyda mil.av. 10—8ming yilliklarda toshdan yasalgan yertoʻlalar, Beysan, Megiddo va b. joylardagi mil.av. 4ming yillikka oid koʻhna shaharlar, Tel-Baytmirsim, Megiddo, Lahish, Gezer, Xatsorda qoyalar orasidan oʻtkazilgan vodoprovod lahmlari, tosh va xom gʻishtdan qurilgan qalin mudofaa is-tehkomlari, ibodatxonalar, turar joylar mavjud. Isroil va Yaxudo pod-shoxliklari (mil. av. 11-asr oxiri — 6-asr boshlari) davridan qolgan ogʻilxonalar, istehkomlar, saroylar, maishatxonalarning harobalari uchraydi. Neolit davriga mansub tasviriy va amaliy bezak sanʼati namunalari — uy hayvonlarining fil suyagi va sopoldan yasalgan haykalchalari, oʻyma va na-qshin idishlar topilgan. Rim xukmronligi davri (mil. av. 1-asr — mil. 4-asr) Rim badiiy madaniyatiga xos boʻlgan koʻpgina yodgorliklarni qoldirgan (Beysandagi Dionis ibodatxonasi, Beysan va Sezardagi teatrlar, Sezar va Askalondagi osma kuvurlar, jamo-at va turar joy binolari). Qabr ustiga qoʻyilgan byustlar va marmar sarkofaglardagi qabariq tasvirlar saklangan. Vizantiya davridan bazilika (Bet-Alfadagi sinagogda koshinkori tasviridagi muchal aylanasi, qator bibliya sahnasi, qurbonlik marosimi tasvirlari va boshqalar), monastir va ibodatxonalar, arablar davridan masjid, madrasalar, salibchilardan qalʼa, qoʻrgʻonlar, istehkomlar qolgan. 19-asr oxiri — 20-asr boshlarida yahudiylarning Falastinga koʻchib kela boshlashi bilan Isroilning zamonaviy meʼmorligi va badiiy madaniyati shakllandi. Turli mamlakatlardan koʻchib kelgan yahudiylar har xil badiiy va meʼmoriy maktab hamda yoʻnalish anʼanalarini olib keldi.
20-asrning 50-yillaridan Tel-Aviv, Xayfo, Rexovat sh.lari rivojlana boshladi. Yangi barpo etilgan maʼmuriy va jamoat binolari orasida Tel-Avivdagi F. Mann konsert zali (1957, meʼmorlar 3. Rexter, D. Karmi, M. Zarxi, Ya. Rexter), Beylinson shifoxonasi (1950—58, meʼmorlari A. Sharon, B. Idelson), Gaarets-muzey (1958—60, meʼmorlar V. Vitkover, E. Baumen), 36 qavatli „Shalom“ maʼmuriy va savdo binosi (70-yillar), Bet-Yam sh.dagi mehmonxona majmui (1968—1969), Rexovat sh.dagi atom fizikasi instituti va b. alohida ajralib turadi. Tasviriy sanʼ-atda turli modern yoʻnalishlari va us-lublari ustun. I. Zaritskiy, I. Krize, B. Brizel kabi rassomlar mashhur. „Be-salel“ sanʼat va badiiy hunarmandchilik maktabi realistik tamoyillarga asos soldi. Amaliy bezak sanʼatida metall, plastmassa, loy va xurmo danagidan, guldor gazmoldan yasalgan badiiy buyumlar keng tarqalgan. Kitoblarni badiiy bezashga katta eʼtibor beriladi.
Musiqasi falastinlik yahudiylar va arablarning madaniyati (xalq qoʻshiqlari, raqslar, musiqa joʻrligidagi marosim va urf-odatlar), shuningdek koʻchib kelgan yahudiylarning anʼanalari asosida rivojlangan. 1948-yildan keyin musiqa muassasalari tashkil etildi. Isroil filarmoniyasi, milliy opera va „Inbal“ musiqali teatri, Xolon konservatoriyasi, Tel-Aviv yaxudiy konservatoriyasi, Quddus musiqa akademiyasi bor. 1950 yillardan kompo-zitorlik maktabi rivojlana boshladi (M. Lavri, E. Partosh, P. Benxaim, M. Avid va boshqalar).
Teatri
1926-yilda birinchi professional teatr — „Ogel“ („Chodir“) teatri tashkil etildi. Dastlab uning repertuarida diniy aqidalar asosidagi pyesalar bor edi. Keyin xorijiy mualliflarning dunyoviy asarlari sahnalashtirildi. Teatr rahbari M. Galevi A. Makarenko asarlari asosidagi „Pedagogik poema“, Kishonning „Nikoh shartnomasi“ pyesalarini koʻrsatish orqali tomoshabinlar eʼtiborini qozondi. „Matete“ („Supurgi“) deb atalgan hajviy teatr 1928-yilda bolgar rejissor I. Daniel tomonidan tashkil etildi. Dramaturglardan E. Harusi, A. Penn, Alterman teatr uchun dolzarb mavzularda pyesalar yozib berishdi. 1949* yilda bu teatr moliyaviy qiyinchiliklar sababli yopilib qoldi. 50-yillarda „Batsal yarok“ („Koʻk piyoz“) va „Hamem“ („Ili-miliq“) satirik teatrlari yuzaga keldi. Isroilning yetakchi teatri „Gabi-ma“ („Saxna“) 1928-yildan beri Falas-tinda ishlab kelayotir. Uning sahnasida Shekspir, Shiller, Gyote pyesalari koʻrsatildi. 20-asrning 2-yarmida bu teatrda X. Rovina, A. Meskin, Sh. Finkel, M. Zohar, Sh. Rudenskiy, A. Tal, I. Beker, M. Asherov kabi sahna ustalari shuhrat qozondi. Tel-Avivda Milliy teatr (1958-yilda asos solingan) va Kamer teatri (1944), Xayfoda Shahar teatri (1963), Tel-Aviv universitetida musiqa fakulteti, 20 dan ziyod musiqa maktabi mavjud.
Kinosi
Isroilda kino ishlab chiqarish 1950-yilda boshlandi. Shu yili rejissor A. Amar „Sulh“ badiiy filmini yaratdi. 1954-yilda milliy kinematografiyani ragʻbatlantirish haqida qonun qabul qilinib, kinoteatrlarda albatta Isroil filmlarini koʻrsatish joriy etildi. „Yodingda tut“ (rej. F. Artvis) badiiy filmi va „Salax Shabati“ hajviy komediyasi (ikkalasi ham 1964-yilda yaratilgan) ayniqsa diqqatga sazovor. Keyingi yillarda musiqiy filmlar, komediyalar, josuslik va „jangari“ filmlar yaratildi. Savdo va sanoat vazirligi xuzurida kino markazi tashkil etilgan. Tel-Avivda ikkita, Quddusda bitta kinostudiya bor.
Oʻzbekiston — Isroil munosabatlari
BMT qaroriga koʻra ikkinchi jahon urushidan keyin tuzilgan Yaqin Sharqdagi davlat. Poytaxti Iyerusalim shahri. Aholisi asosan yahudiy millatiga mansub insonlar. Aholisining beshdan bir qismini arablar tashkil etadi.
Manbalar
uz.wikipedia.org