Yérusalem
Quddus , ' (arabcha: القُدس al-Quds, osuriylarning mix yozuvlarida Ursalimmu; qadimgi Misr yozuvlarida Shalam, Oʻrta Osiyoda Quddusi Sharif nomi bilan maʼlum) — falastin shahari. Oʻlik dengizning gʻarbidagi chala choʻlli yassitogʻlikda joylashgan. Aholisi 692,3 ming kishi (2003). Transport yoʻllari chorrahasi. Sanoat, savdo-transport va madaniyat markazi. Toʻqimachilik, koʻn-poyabzal, metallsozlik, farmatsevtika, poligrafiya, radiotexnika sanoati korxonalari mavjud. Olmosga ishlov beriladi. Hunarmandchilik rivojtangan. Quddus — musulmon, yahudiy va xristianlarda "muqaddas shahar" hisoblanadi.
Quddus haqidagi dastlabki maʼlumotlar miloddan avvalgi 2-ming yillikning oʻrtalariga toʻgʻri keladi. Dastlab Rushalimum (Shalim xudosi shahri), yozma manbalarda miloddan avvalgi 15-asrdan Urushalaim nomi bilan tilga olingan. Iyerushalaim qad. yahudiylar tilida "tinchlik shahri", arabcha alQuds — "muqaddas" shahar maʼnolarini anglatgan. Shahar qad. va oʻrta asrlarda turli davlatlar (Yahudiylar podsholigi, Rim imperiyasi, Vizantiya, Arab xalifaligi, usmonli turk saltanati) tarkibida boʻlgan.
1920—47-yillarda Falastin hududidagi inglizlar mandatining maʼmuriy markazi. 1947-yil 29-noyabrdagi BMT qaroriga muvofiq mustaqil maʼmuriy birlik qilib ajratilgan. 1948—49 yillardagi arab-isroil urushi natijasida Isroil (gʻarbiy qismi) bilan Iordaniya (sharqiy qismi) oʻrtasida ikkiga boʻlindi. 1950-yilda Quddusning gʻarbiy qismini Isroil hukumati BMT qaroriga xilof ravishda mamlakat poytaxti deb eʼlon qildi. 1967-yilda zolim Isroil vahshiylarcha Quddusning sharqiy qismini ham bosib oldi va 1980-yil 30-iyulda Quddusni "abadiy va boʻlinmas poytaxt" deb eʼlon etdi. BMT'ning (1967 — 71) qarorlariga muvofiq Quddus boʻyicha barcha anneksiyalar bekor qilingan.
Shahar 2 qism: eski shahar va yangi shahardan iborat. Eski shahar 16-asrda qalʼa devori bilan oʻralgan. Musulmon, yahudiy va xristianlar dahalari ajralib turadi. Meʼmoriy yodgorliklardan ellinizm va rim davri hamda arab madaniyati yodgorliklaridan Qubbat as-Sahro, alAqso masjidlari va cherkovlar, qalʼalar saqlangan. 19-asrning 2-yarmidan qurila boshlagan yangi shaharda zamonaviy binolar, universitet majmuasi, tibbiyot markazi, milliy muzey, yahudiy universiteti (1918) va boshqa bor.
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org